Yangiliklar
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan oʻquv-seminari tashkil etildi. Unda viloyat hokimining oʻrinbosari Fayzullo Qosimov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari oʻrinbosari Ahadjon Akbarov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Eshmuhammad Qodirov hamda viloyat adliya boshqarmasi sho'ba boshlig'i A'zamxonov Abbosxon ishtirok etdi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, saylov tizimidagi fundamental vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Boshqarma balansida bo`lgan sobiq Davlat xizmalari agentligi foydalanishida bo`lgan mavjud foydalanish muddati tugagan (yaroqsiz holga kelgan) asbob uskunalar, jihozlar materiallar va mahsulotlarni belgilangan tartibda balansdan chiqarish bo`yicha utilizatsiya xizmatdan foydalanish bo`yicha elon
tel 73-249-05-25
97-501-23-00
Oʻzbekistonning 16 ta shahrida, shu jumladan Fargʻonada Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi. “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz” shiori ostida oʻtgan musobaqada viloyatimizdan jami 9600 nafardan ortiq yoshlar, keksalar, shu jumladan imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 100 yaqin ishtirokchilar qatnashdi.
Tadbir yakunida nogironligi bor shaxslar o‘rtasida faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga viloyat adliya boshqarmasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Uchrashuvlar davomida FHDY xodimlari, yoshi ulug' fuqarolar hamda din vakillari tomonidan oila ma’naviyati, qarindoshlar o'rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, oilaviy ajrimlarni oldini olish yuzasidan ishtirokchilarga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Adliya vazirligi hamda Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan“ aksiyasi o'tkaziladi.
Aksiya 2023 yil avgust–sentabr oylarida bo'lib o'tadi.
Mazkur huquqiy aksiya doirasida, jumladan:
uyma-uy bepul huquqiy yordam ko'rsatiladi;
mahalla xodimlari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchilarining huquqiy bilimlari oshiriladi;
sayyor qabullar hamda sayyor davlat xizmatlari tashkil etiladi;
“O'z huquqlarimizni o'rganamiz” mavzusida audiopodkast tashkil etiladi.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Men MCHJ tugatuvchisi etib belgilandim. Men ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin qanday harakatlarni amalga oshirishim lozim?
— Hukumatning 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga asosan tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin quyidagi harakatlarni amalga oshirishi lozim:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
b) tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;
g) tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Hozirgi kunda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shunga koʻra, Fargʻona viloyatiga xizmat safari chogʻida Adliya vaziri, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi va boshqa mas’ullar tomonidan viloyatdagi jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan Margʻilon shahridagi "Uzun hovuz" MFY, Qoʻshtepa tumanidagi "Qumtepa" MFYlarga borildi, ushbu mahallalardagi "beshlik" (mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori) bilan suhbatlar oʻtkazildi hamda muammo va takliflar, jinoyatlar sonining oshishi sabablari va omillari oʻrganildi.
Suhbatlar davomida jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik nazoratining oʻrni va huquqiy targʻibot tadbirlariga alohida urgʻu berildi.
Kelajakda ushbu hududlarda jinoyatlarni kamaytirish yuzasidan koʻplab fikr, mulohazalar va takliflar bildirildi.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Shu kunlarda adliya vaziri Akbar Toshqulov Fargʻonada xizmat safarida. Dastlab vazir viloyatdagi adliya tizimidagi xodimlarning ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi takliflarni oʻrgandi.
✅Fargʻona shahar davlat xizmatlari markazi hamda Yuridik xizmat koʻrsatish markazida bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi. Mijozlar va fuqarolar bilan tizimda amalga oshirilishi zarur boʻlgan yangiliklar, hayotga tatbiq etilishi shart boʻlgan takliflar, fikr-mulohazalar bilan qiziqdi.
Kanalga ulanish????????????
https://t.me/adliya_fargona
Davra suhbatida asosiy e’tibor nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishi, ijtimoiy sheriklik hamda ularni qiynayotgan muammolarga qaratildi.
Tadbirda NNTlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida qonunchilikdagi normalarni soddalashtirish va sohadagi muammolar boʻyicha NNTlar bilan oʻzaro fikr almashildi.
Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha ma’lumotlar olishdi va NNTlar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq “Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘tgan 2023-yil 1-yarim yilligi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda boshqarma boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Fayzullayev tomonidan viloyatda 2023-yilning I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Matbuot anjumanida adliya organlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar ochiqlandi hamda sohadagi ishlar alohida tahlil qilindi.
Yakunda anjuma ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona