Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

16
Fargʻona yuridik texnikumida "Bitiruvchi 2022" tadbiri oʻtkazildi.

Joriy yilning 16-iyul kuni Fargʻona yuridik texnikumida "Bitiruvchi 2022" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Fargʻona adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Fargʻona shahar xokimligi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirda adliya boshqarmasi boshligʻi A.Buriyev hamda mehmon tashkilot rahbarlari soʻzga chiqib, yosh bitiruvchilarga kelajakdagi faoliyatida omadlar tilashdi hamda bitiruvchilarga diplom va faxriy yorliqlar topshirishdi.
Tadbir bitiruvchilar uchun konsert dasturlari bilan davom ettirilib, mashxur sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar va raqs dasturlari bayramga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

telegram (https://t.me/adliya_fargona)
facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804)
instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube

15
Targʻibot guruhi harbiy qismda

2022-yil 15-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi DXX Chegara Qoʻshinlari 9229-sonli xarbiy qismda “Konstitutsiyaviy islohotlar” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlis senati aʼzosi M.Saliyeva, Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi xodimi A.Zaynutdinov hamda harbiy qism rahbariyati ishtirok etishdi.
Tadbir davomida A.Zaynutdinov maʼruza bilan ishtirok etib, konstitutsiyaviy Qonun loyihasi va Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar, ularning mazmun-mohiyati, shuningdek. referendum oʻtkazish boʻyicha tadbir ishtirokchilarga tushuntirishlar berdi.
Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

05
Mualliflik va turdosh huquqlar himoyasini kuchaytirishda oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Fargʻona viloyati shoirlar, yozuvchi va ijodkorlar yurti boʻlib, vodiyda shoiru-yozuvchilar, xushovoz honandalar, askiyachi va qiziqchilarni juda koʻplab uchratish mumkin. Bu esa avvalo, hududda mualliflik va turdosh huquqlarini huquqiy kafolati nechogʻlik muhimligidan dalolatdir.

Mualliflar, yozuvchilar, bastakor va kompozitorlar huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish, joylarda ijodkorlarni tashvishga soluvchi huquqiy muammolarni hal etish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish nechogʻlik amalda himoyalangani bilan bogʻliq.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kuni kecha shoir Behzod Fazliddinning murojaatiga asosan “Kutmagan kunlari, kutgan kunlarim” sheʼriy toʻplamidagi “Balosiz goʻyoki gʻamimni yeysiz” sheʼridan ruxsatsiz foydalanib qoʻshiq qilib ijro etgan xonanda J.A.ga nisbatan adliya boshqarmasi tomonidan MJtK ning 177¹ –moddasiga asosan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilib, jinoyat ishlari boʻyicha Uchkoʻprik tuman sudining qaroriga ko‘ra J.A. huquqbuzar deb topildi va unga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.

Yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish, viloyatda ijod qilayotgan ijodkorlarning mashshaqtli mehnatlarini samarali himoya qilish maqsadida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi oʻrtasida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish va ushbu sohada huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan kompleks hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda Fargʻonada ijod qilayotgan shoirlar, yozuvchilar va ijodkorlar bilan hamnafas boʻlish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi

24
Ta'lim tizimi vakillariga konstitutsiyaviy islohotlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Joriy yilning 24-iyun kuni Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Farg‘ona soliq texnikumida "Konstitutsiyaviy islohotlar zarurati va ustuvor yo‘nalishlari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilariga adliya boshqarmasi mas'ul xodimi A.A'zamxonov tomonidan konstitutsiyaviy islohotlar zarurati, ustuvor yo‘nalishlari hamda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bergan takliflari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804) I instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/)

23
“Yosh huquqshunos” tanlovining viloyat bosqichi Start oldi!

Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi katta majlislar zalida “Yosh huquqshunos” tanlovining viloyat bosqichi ayni damda boʻlib oʻtmoqda.

19 ta tuman shahardan tashrif buyurgan finalistlar oʻzaro bellashmoqda. Dastlabki bosqichda ishtirokchilarga test savollari taqdim etildi.

Telegram sahifamiz   t.me/yia_Fergana

22
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadidagi ma’lumotlar.

2022 yilda Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi budjetdan ajratilgan mablag‘larning chegaralangan miqdorining o‘z tasarrufidagi budjet
tashkilotlari kesimida taqsimoti to‘g‘risida
     MA’LUMOT


   Hisobot davri mobaynida budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar summasi shundan ish haqi va unga tenglashtiruvchi to‘lovlar miqdori 1 475 129 so'm yagona ijtimoiy soliq 368 783 so'm boshqa joriy xarajatlar 45 000 so'mni tashkil qildi.

15
Farg'ona viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Buriev Abdumannop Abduraxmatovich Farg'ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

A.Buriev 1986 yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug'ilgan, ma'lumoti oliy, 2010 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2016 yilda O'zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o'z mehnat faoliyatini 2011 yilda Adliya vazirligi Yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlab, turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirga qadar Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig'i bo'lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Abdumannop Burievni ushbu mas'uliyatli lavozim bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

10
Yana bir yangi xizmat ishga tushdi!

Hukumat qarori (317-son, 07.06.2022-y (https://lex.uz/pdfs/6052629).) bilan tasdiqlangan  davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

Bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha davlat xizmati ishga tushurildi.

Ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP (https://my.gov.uz/uz/service/542)) orqali elektron murojaat qiladi.

Ariza beruvchi oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan so'ng, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.

Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

@adliyangiliklari

03
Bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish tartibi belgilandi

“Xalq ta'limi tizimida davlat xizmatlarini ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida”gi Hukumat qarori (295-son, 01.06.2022-y.) qabul qilindi

Qaror bilan quyidagilar bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlari tasdiqlandi:

bolalarni davlat maktablariga qabul qilish hamda o'quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o'tkazish;
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar farzandlarini maktabga qabul qilish uchun arizalar olish;
eksteriat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish;
umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish.

  Shunga ko'ra, har yili 1-maygacha o'quvchilarni 1-sinfga qabul qilish va bir maktab (sinf)dan boshqasiga o'tkazish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladigan hududlar ro'yxati tasdiqlanadi va Xalq ta'limi vazirligi rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

1-sinfga bolalar ular 7 yoshga to'ladigan yilda qabul qilinadi.

   Davlat xizmati ko'rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig'im undirilmaydi.

  Ariza beruvchi mikrohudud bo'yicha maktabga qabul qilish uchun har yili 20-iyundan 31-iyulgacha YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) yoki Xalq ta'limi vazirligining elektron xizmatlar portalida ro'yxatdan o'tadi.

  Ariza beruvchining yashash manzili bo'yicha maktabda tanlagan ta'lim olish tilidagi sinf bo'lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa maktab mikrohudud sifatida biriktiriladi.

  So'rovnoma to'ldiriladi hamda hududiy xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan 3 ish kunida ko'rib chiqilib, mikrohudud bo'yicha maktabga yuboriladi yoki sababi ko'rsatilgan holda qaytariladi. Bu haqda ariza beruvchilarga xabar yuboriladi.

  Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda mikrohudud bo'yicha yuborilgan maktabga onlayn navbat asosida boradi va bolaning sog'lig'i to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnomani maktabga taqdim etadi.

Maktab qabul komissiyasi tomonidan 1 ish kunida bolani maktabga olish yoki rad etish to'g'risida qaror qabul qilinadi.

Quyidagi hollarda qabul komissiyasi bolani maktabga qabul qilishni rad etishi mumkin:

tibbiy ma'lumotnomada maktabda ta'lim olish tavsiya etilmagan bo'lsa;
tanlangan tilda bola boshlang'ich so'zlashuv ko'nikmasiga ega bo'lmasa;
so'rovnomadagi ma'lumotlar noto'g'riligi aniqlansa.

Mikrohududdan tashqaridan bolalar maktabga har yili 1–15-avgust kunlari qabul qilinadi.

   Mazkur tartib Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi maktablarga nisbatan qo'llaniladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

01
“Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi

Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/3857) ko'ra,  2023-yil 1-fevraldan:

QR-kod qo'yilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;
order qog'oz shaklda rasmiylashtirilganida, “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi;
advokat so'rovi shakliga qo'yilgan talablar, shu jumladan unga orderning ko'chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.
   “Yuridik yordam” axborot tizimi joriy etilishi munosabati bilan:
davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish elektron tartibda tasodifiy tanlash yo'li bilan aniqlanadi;
advokatlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish va malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi;
advokatlik tuzilmalaridan statistik ma'lumotlarni an'anaviy shaklda yig'ish bekor qilinib, ular avtomatik ravishda umumlashtiriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin