Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

19
“Mobile ID” тизимидан рўйхатдан ўтмаган бўлсангиз нима қилиш керак?

“Mobile ID” тизимидан рўйхатдан ўтиш жуда осон. Бунинг учун сиз бир маротаба шахсингизни тасдиқловчи ҳужжат (паспорт ёки ҳайдовчилик гувоҳномаси) билан республикада мавжуд давлат хизматлари марказлари ёки нотариусларга ташриф буюришингиз кифоя.
▫️Давлат хизматлари маркази оператори ёки нотариусга шахсингизни тасдиқловчи ҳужжатни тақдим этасиз ва мобил рақамингизни маълум қиласиз;
▫️оператор ёки нотариус тизим орқали сизни “one.id” тизими орқали рўйхатга ўтганлигингизни текширади ва рўйхатдан ўтмаган бўлсангиз рўйхатдан ўтказади;
▫️тизим орқали биометрик маълумотларингиз тасдиқланади;
▫️ телефон рақамингизга тасдиқловчи код юборилади ва код тизимга киритилади.
Энди сиз мобил рақамингиз орқали ЯИДХП (my.gov.uz) портали ва бошқа кўпгина молиявий хизматларга телефонингиз орқали буюртма беришингиз ва тасдиқлашингиз мумкин.

16
"Зўравонликдан кейинги ҳаёт"

2022 йил 16-декабрь куни «Қалб нури» аёллар ва уларнинг оилаларини ижтимоий-ҳуқуқий қўллаб-қувватлаш маркази ташаббуси билан "Зўравонликдан кейинги ҳаёт" - ҳаётда зўравонликни бошдан кечирган аёлларнинг реинтеграция қилиш мавзуси бўйича давра суҳбати бўлиб ўтди.

Унда Вилоят ҳокимлиги, Маҳалла ва нуронийларни қўллаб-қувватлаш бошқармаси, Оила ва хотин-қизлар бошқармаси, вилоят ИИБ, вилоят Адлия бошқармаси, Халқ депутатлари вилоят Кенгашининг гендер комиссияси, Фарғона Давлат Университетининг Гендер тадқиқотлар маркази, ЎзННТМА ва нодавлат нотижорат ташкилотлари иштирок этди.

Давра суҳбатида вилоят ҳокимининг хотин-қизлар масалалари бўйича ўринбосари К.Кавлонова Фарғона вилоятида зўравонликдан жабр кўрган, ижтимоий ҳимояга муҳтож хотин-қизларнинг ҳаёт сифати ва фаровонлигини ошириш мавзусида маъруза қилди.

Шунингдек, давра суҳбатида соҳанинг мутахассислари томонидан аёллар муаммоларини ечиш-фуқаролик жамиятининг асосий вазифалаларидан бири, зўравонликка учраган хотин-қизлар билан ишлашда давлат ва нодавлат ташкилотларининг ҳамкорлигини кучайтириш, қизларни ҳаётга таёрлаш муаммолари каби бир қатор мавзуларда маърузалар тингланди.

Бундан ташқари, Оила ва хотин-қизлар бошқармаси, Халқ депутатлари вилоят Кенгашининг гендер комиссияси томонидан 2022 йил давомида аёллар ҳақ-ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва Гендер зўравонликни олдини олишда фаол иштирок этган шаҳар ва туманлардаги бир гуруҳ ташкилотлар раҳбарларига ташаккурномалар топширилди.

08
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

Fargʻona shahrida joylashgan I. Karimov nomidagi teatr va konsert saroyida  Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining  30 yilligi munosabati bilan  tadbir boʻlib oʻtdi. Tashkil etilgan anjumanda ijtimoiy-iqtisodiy soha, tadbirkorlar, qishloq xoʻjaligi, qurilish, milliy madaniy markazlar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari  tadbir ishtirokchilarini bosh qomusimizning 30 yilligi bayrami bilan samimiy qutladi.
Anjuman  davomida  Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Abdumannop Buriyev nutq soʻzlab  Bosh qomusimizning mamlakatimiz taraqqiyotidagi oʻziga xos  oʻrni, davr  taqazosi bilan Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlarning ahamiyati haqida aytib oʻtdi.  
Ayni damlarda tantanalar  oʻzgacha ruh va koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Zotan, shu salmoqli davr  mobaynida davlatimizning xalqaro maydonda oʻz oʻrnini topishi, barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish va yuksak marralarga erishishda asosiy qonunimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar  kuylanib, maxsus kompozitsion dastur  namoyish etildi.

29
“Qorongʻi olamga yorugʻlik nuri”

Qoʻqon shahridagi  “Amiriy” kutubxonasida OʻzNNTMA va “Ezgu niyat” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda BMT dasturining “Luch sveta” tashabbusi “Qorongʻi olamga yorugʻlik nuri” loyihasining yakuniy natijalari boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
  Davra suhbatida Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi, Qoʻqon shahar hokimligi, Qoʻqon shahar Ichki ishlar boshqarmasi, OʻzNNTMA Fargʻona, Andijon, Namangan hududiy boʻlinmalari, Vodiy viloyatida faoliyat olib borayotgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari jami 50 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
  Davra suhbatida Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi vakili, avvalo,  NNT larga qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar va yangiliklar toʻgʻrisida batafsil tushuncha berdi.
   “Ezgu niyat” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan BMT dasturining “Luch sveta” tashabbusi “Qorongʻi olamga yorugʻlik nuri” loyihasi doirasida zoʻravonlikka uchragan ayollarni himoyasi bilan ish faoliyatlari bogʻliq boʻlgan NNTlar xodimlarining salohiyatini oshirish mavzusida Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida seminar-treninglar tashkil etilib, unda 60 nafardan ortiq NNT xodimlari ishtirok etib, zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.
   Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar seminar-treninglar davomida oʻzlari uchun kerakli malakaga ega boʻlishgani, viloyatlarda faoliyat olib borayotgan NNT oʻrtasi shunday hamkorlikda ishlar amalga oshirilishi kelgusida fuqarolik jamiyatlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlab oʻtildi.
   Shuningdek, OʻzNNTMA Namangan viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan Fargʻona viloyati “Ezgu niyat” NNT va “Qalb nuri” markazi rahbarlariga viloyatlarda tashkil etilgan seminar-treninglar uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.

28
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan "IDROK" intellektual o‘yinlarining hududiy bosqichiga start berildi.

Vatanimiz taraqqiyotining yangi bosqichida xalqimizning tinch va farovon hayoti uchun ishonchli kafolat bo‘lgan bosh qomusimiz qabul qilinganiga 30 yil to'lishi munosabati bilan Farg'ona viloyati yuridik texnikumida "IDROK" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
  
Shunga ko‘ra, Idrok intellektual o‘yinining tasdiqlangan nizomiga muvofiq Farg'ona viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilaridan shakllantirilgan 6 ta jamoa ishtirokida tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tgan intellektual o‘yinda o‘quvchilarning umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra “Lavner” jamoasi respublika bosqichi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

25
Farg'ona shahar Eko shahar hududidagi "Yangi O'zbekiston" massivi

"Show room" zalida Farg'ona viloyat Qurilish bosh boshqarmasi va uning tuman (shahar) tuzilmalari xodimlariga "Davlat fuqarolik xizmati to'grisida"gi qonun hamda "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar tog'risida"gi qarori mazmuni va ijro etilishi tartiblari borasida tushuntirishlar berildi

24
O‘zga firma nomidan noqonuniy foydalanish to’xtatildi

Olmaliq “Ammofos Maxam” AJ fosforitlar asosida kompleks azot-fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarayotgan O‘zbekiston Respublikasining yirik korxonalaridan biri. Korxonaning 49% aksiyasi xorijiy investor - Ispaniyaning Maxam Corp S.A.U korporatsiyasiga tegishli.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga Olmaliq “Ammofos Maxam” AJ shikoyat arizasi bilan murojaat qilib, ularga tegishli bo‘lgan “Ammofos Maxam”  firma nomidan Fargʼona viloyatida joylashgan "F.M.L" maʼsuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ular bilan shartnoma tuzmasdan, roziligini olmasdan noqonuniy foydalanayotganligi holati yuzasidan tegishli chora koʼrishni soʼragan.
Oʼrganishda maʼlum boʼlishicha, "Ammofos Maxam" firma nomi hamda xizmat ko‘rsatish belgisi uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining 35-sinfiga muvofiq 1993-yilda “Ammofos Maxam” AJ  huquq egasi sifatida himoyaga olgan va himoya qilish muddati 2033 yilga qadar belgilangan.
Holat yuzasidan Fargʼona viloyatida joylashgan "F.M.L" MChJ rahbari A.L isteʼmolchilarni chalgʼitishga olib kelishi mumkin boʼlgan firma nomidan noqonuniy foydalanayotganligi o‘z tasdig‘ini topdi.  "F.M.L" MChJ rahbariga o‘zganing firma nomidan noqonuniy foydalanishni zudlik bilan to‘xtatish haqida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taqdimnoma yuborildi. Taqdimnomaga asosan, mazkur huquqbuzarlik bartaraf etilib, korxona nomi “Pronova agro kimyo” sifatida o‘zgartirildi.
Hurmatli tadbirkorlar! O‘zgaga tegishli   firma nomi nafaqat milliy balki halqaro tizimda ham huquqiy himoya qilingan boʼlib, huquq egasiga tegishli boʼlgan mutloq huquq va uni hurmat qilishi har birimizning majburiyatimiz ekanligini unutmaylik!

Fargʼona viloyat adliya boshqarmasi

23
Korrupsiyaning mamlakatda rivojlanishi - oʻsha davlatning tanazzuli

Har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga toʻsiq boʻladigan illat korrupsiyadir.  
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxoʻrlik, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etilishi hokimiyatning obroʻsizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab boʻladi. Korrupsiyaning maʼlum bir mamlakatda rivojlanishi esa oʻsha davlatning tanazzuliga olib keladi.
Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni koʻzlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qoʻlga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari boʻlishi, pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga maʼlum xizmatni amalga oshirishlari mumkin.
Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining oʻziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo maʼmuriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari koʻrilishi zarurligidan darak beradi.
Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan maʼmuriy munosabatlari maʼno-mohiyatini oʻzgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. “Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yoʻsinda gʻayriqonuniy shaxsiy naf koʻrish maqsadida oʻz xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir.
Malakatimiz rahbari “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli maʼruzasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan fuqarolik jamiyat institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasida jamotchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish fursati yetganligini taʼkidlab oʻtgan edi.
Umuman, jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan davlat hokimiyati organlariga muayyan qarorlarni qabul qilish boʻyicha murojaat etish, davlat hokimiyati organlari vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha soʻrovlarni amalga oshirish, davlat hokimiyati organlari va mahallalar hududlaridagi korxona va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish kabi shakllarda yoʻlga qoʻyilgani oʻz samarasini bermoqda. Qolaversa, bugungi kunda davlat Dasturlari talablarining fuqarolar yigʻini hududidagi ijrosini taʼminlashda jamoatchilik guruhlarini tuzish va oʻrganish, natijalari boʻyicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari hisobotlarini eshitish va shu orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish, shuningdek, mahalliy davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashish tadbirlari samarali olib borilmoqda. Bu esa, jamoatchilik nazoratining jamiyatda ijtimoiy adolatning qaror topishi, shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida muvozanat, tenglik, oʻzaro masʼuliyat va javobgarlikka xizmat qiluvchi asosiy omil ekanidan dalolatdir.

Bobirmirzo GAFUROV
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi
Huquqni qoʻllash amaliyotini
oʻrganish boʻlimi katta maslahatchisi

23
“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.