Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

09
Anklav hudud - Soʻx tumanida sayyor qabul oʻtkazildi

Soʻx tumanining “Chumoqcha” MFY boʻlib oʻtgan sayyor qabulda Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi. Sayyor qabulda fuqarolar yigʻinining turli hududlaridan kelgan fuqarolarning 10 dan ziyod muammo, taklif va shikoyatlari koʻrib chiqildi.
Jumladan, 4 nafar fuqaroning kadastr masalasidagi arizasi ijroga yoʻnaltirildi. 3 nafar fuqarolik holatini qayd etish masalasidagi murojaat joyida oʻrganib chiqildi. Bundan tashqari, bandlik, bank krediti, moddiy yordam olish, mehnat munosabatlari masalalardagi murojaatlar kelib tushdi.
Hal etish mumkin boʻlgan masalalarga ijobiy yechim belgilash bilan bigra, fuqarolarning murojaatlari masʼul idoralarga oʻrganib chiqish va belgilangan muddatlarda hal etish uchun topshirildi. Ayrim murojaatlar boʻyicha 6 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi

08
"Davlat fuqarolik xizmatchisi – qonunlar nigohida" mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyat boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Fargʻona viloyati filiali, viloyat adliya boshqarmasi hamda Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda "Davlat fuqarolik xizmatchisi – qonunlar nigohida" mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.
Ushbu seminarni oʻtkazishdan asosiy maqsad - viloyatda davlat organlari va tashkilotlarining hudud darajasidagi tuzilmalarining kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari rahbarlarining nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish hamda salohiyatini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish hisoblanadi.
Maʼlumki, joriy yilning 8-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan 118 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi va ular faoliyatini yagona qoidalar asosida huquqiy tartibga soluvchi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi.
Qonun imzolanishidan bir necha kun avval, yaʼni 4-avgust kuni Prezident raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Ushbu yigʻilishda mamlakatimiz rahbari davlat xizmatini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtalib, ushbu masala qariyb 30 yildan beri keyinga surilib kelinayotganligini qayd etdi. Mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ikki yil davomida, chuqur muhokamalar asosida ushbu Qonun tayyorlanganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi qariyb 30 yildan buyon intizorlik bilan kutilgan, 35 milliondan ortiq aholining hayotini yengil qiladigan, kayfiyatiga bevosita ijobiy taʼsir koʻrsatadigan normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Qonunning ishlab chiqilishi – juda mashaqqatli jarayon boʻlib, 15 ta vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlangan. Jamoatchilik vakillari, jumladan, jurnalist va blogerlar ishtirokida 10 dan ortiq muhokamalar tashkil etilgan.
Qonunni ishlab chiqish jarayonida xorij tajribasi va xalqaro ekspertlarning fikr-mulohazalariga tayanildi. Xususan: Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Bolgariya, Latviya, Polsha, Estoniya, MDH davlatlari va boshqa mamlakatlarning qonunchiligi tahlil qilindi.
Seminar davomida qonunchilikdagi yangiliklar ishtirokchilarga tushuntirib oʻtildi.

03
Endilikda mahkumlar ham davlat хizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin

Endilikda mahkumlar ham davlat хizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin
Ichki ishlar vazirining “O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qoʻshimcha kiritish to'g'risida”gi buyrug'i qabul qilindi (ro'yхat raqami 2495-6, 31.10.2022 y.).
Qo'shimchaga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat хizmatlari, shu jumladan notarial хizmatlardan foydalanishi uchun alohida хonalar ajratiladi. Ushbu хonalar veb-kamera hamda internet tarmog'iga ulangan kompyuter teхnikasi bilan jihozlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 31.10.2022-yildan kuchga kirdi.
Каналга уланиш

02
Fargʻona viloyatida 2022-yilning 10 oyi davomida qancha nikoh qayd etildi?

    Fargʻona viloyatida 2022-yilнинг 10 oyi davomida  25 ming 528 ta nikoh qayd etildi. Mavjud 21 ta FHDY boʻlimlarida 84 ming 358 tadan ortiq chaqaloqqa tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.
   Fargʻona viloyatida joriy yilning oʻn oyi davomida 4 459 ta nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlari  qayd etilib,  oilalarning buzilish sabablari oʻrganib chiqilganda -  615 ta holatda farzandsizlik, 31 tasida xiyonat, 432 tasida uzoq vaqt birga yashamaslik, 2 738  tasida  oilaviy kelishmovchiliklar, 311 tasida uchinchi shaxsning oilaviy munosabatlarga aralashuvi va qolgan holatlarda yoshlarimizning oila qurishga tayyor emasligi, sogʻligʻiga eʼtiborsizlik, yigitlarning oilani boshqarishni, roʻzgʻorni moddiy taʼminlash, farzandlarni maʼnan hamda jismonan sogʻlom qilib tarbiyalashni oʻz burchlari, deb bilmasliklari, qizlarning esa uy bekasi, onalik vazifasini tushunmasligi, aksariyat hollarda qaynona va kelin oʻrtasidagi mojarolar tufayli yuzaga kelayotganligi maʼlum boʻldi.

31
Adliya yangiliklari

Aholiga tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tizimida quyidagi fuqarolik dalolatnomalarini yozish boʻlimlari yangi manzilga koʻchirildi. Xususan:
- Rishton tumani FHDY boʻlimi Markaz mfy, Ar Roshidoniy kuchasi, 152 uyda joylashgan tuman davlat xizmatlari markazi binosiga;
- Beshariq tumani FHDY boʻlimi Fayziobod mfy, Oltin vodiy kuchasi, 128 v uyda joylashgan tuman davlat xizmatlari markazi binosiga;
- Toshloq tumani FHDY boʻlimi Furqat mfy, A.Navoiy koʻchasi, 30 uyda joylashgan tuman davlat xizmatlari markazi binosiga.
Shu munosabat bilan yuqorida koʻrsatilgan FHDY boʻlimlari joriy yilning 31 oktabr kunidan yangi manzilda ish boshlaganligi maʻlum qilinadi.
Fargʻona viloyati
Adliya boshqarmasi

19
Avtomobil tarixiga oid maʼlumotlarni qanday olish mumkin?

  Hukumatning 106-son qarori (https://lex.uz/ru/docs/-5896414) bilan  “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YAIDXP (http://my.gov.uz/)  orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati orqali avtotransportingizga oid maʼlumotlarni juda tez, oson va qulay tarzda olishingiz mumkin!  

Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

“Avtomobil tarixi”ga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonlari to‘liq oxiriga etmaganligi sababli mazkur xizmat TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!!

18
Endilikda "Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin

         Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:  
  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi;

Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

300 000 so'm (BHMning 1 baravari baravari);

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

Ruxsatnomaning  amal qilish muddati: Cheklanmagan

Ma'lumot uchun: Oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish litsenziyaning ushbu kichik turida oxirgi iste’molchilarga yo‘ldoshli aloqa va yo‘ldoshli navigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilmaydi.

17
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar beriladi

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratiladi (https://lex.uz/docs/-6002834).

-Yengil konstruksiyali issiqxonalar o'rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (9 mln so'mgacha) miqdorida;

-Sug'orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;

-Urug'liklar va ko'chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (900 ming so'mgacha) miqdorida;

-Ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan oilalar a'zolari va tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo'jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;

-“O'zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo'lda gilam va ipak mato to'qish bilan shug'ullanuvchilarga 3 tadan kam bo'lmagan ish o'rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to'qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;

-“Yaylov xo'jaligini rivojlantirish” uyushmasi a'zolariga qo'l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo'yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o'rni yaratish sharti bilan BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;

-2025-yil 1-yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo'nalishi bo'yicha o'quv kurslarida o'qish xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravaridan oshmagan (600 ming so'mgacha) miqdorda bir martalik;

-Tadbirkorlik va o'zini o'zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo'lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 7 million so'mgacha, xotin-qizlarga 10 million so'mgacha;

-Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tgandan so'ng dastlabki 3 oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to'lovini to'lash uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;

-Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a'zolik badali xarajatlari uchun – a'zolik badali miqdorida;

-Aholi bandligiga ko'maklashish markazida ro'yxatdan o'tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun – sarflanadigan xarajatlarni to'lashda bir martalik;

-“Usta-shogird” an'analari asosida yoshlarga hunar o'rgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta'minlash uchun – 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan (600 ming so'mdan) kam bo'lmagan miqdorda;

-Shogirdlarga – mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, o'z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 25 baravari  (7,5 mln so'm) miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiya ajratiladi.

14
Ногиронлиги бор ёшларга субсидия ажратилади

Эндиликда 14 ёшга тўлган ва 30 ёшдан ошмаган ногиронлиги бўлган мамлакатимиз фуқаролари, яшаш гувоҳномасига эга бўлган чет эл фуқароси ёки фуқаролиги бўлмаган шахслар ҳамда ўн олти ёшга тўлмаган шахс номидан мурожаат қилган унинг қонуний вакили субсидия олиш  учун  ариза бериши мумкин. Ариза берувчи субсидия олиш учун исталган давлат хизматлари марказига мурожаат қилади ёки Ягона интерактив давлат хизматлари порталида давлат хизматидан электрон тарзда фойдаланиш учун рўйхатдан ўтади.
        Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 21 декабрдаги «Ногиронлиги бўлган шахсларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, уларнинг бандлигига кўмаклашиш ҳамда ижтимоий фаоллигини янада оширишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида» ПҚ-57-сон қарори ижросини таъминлаш мақсадида Вазирлар Маҳкамасининиг 2022 йил 22 июндаги Ногиронлиги бўлган ёшларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш бўйича давлат хизматларини кўрсатишнинг маъмурий регламенти тасдиқланди.
Ушбу қонунчиликка кўра, Ёшлар ишлари агентлигининг Ёшларга оид давлат сиёсатини қўллаб-қувватлаш жамғармаси маблағлари ҳисобидан ногиронлиги бўлган ёшларга нодавлат таълим ташкилотларида касб-ҳунар ўргатиш, уларда касбий кўникмаларни шакллантириш, ахборот технологиялари, компьютерда дастурлаш амалиёти, умумтаълим фанлари ва хорижий тилларни ўргатиш, зарур ҳолларда яшаш ва транспорт харажатларини қоплаш учун субсидия ажратиш бўйича давлат хизматини кўрсатиш тартибини белгилайди.
          Қарорининг 5-бандига мувофиқ ҳар йили 500 нафаргача ногиронлиги бўлган ёшларга базавий ҳисоблаш миқдорининг 50 бараваригача бўлган миқдорда субсидия ажратиш белгиланган.
          Ушбу қарорда ногиронлиги бўлган ёшларга ўқиш, яшаш ва транспорт харажатларини қоплаш учун субсидия ажратиш мумкин.  Субсидия олиш учун аризалар жорий йил учун — 2022 йил 1 августдан ва  2023 йилдан бошлаб ҳар йили — 10 январдан қабул қилиниши белгиланган.

        Ногиронлиги бўлган ёшларга ўқиш, яшаш ва транспорт харажатларини қоплаш учун субсидия ажратишнинг маъмурий регламентига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлигининг Ёшларга оид давлат сиёсатини қўллаб-қувватлаш жамғармаси маблағлари ҳисобидан ногиронлиги бўлган ёшларга нодавлат таълим ташкилотларида касб-ҳунар ўргатиш, уларда касбий кўникмаларни шакллантириш, ахборот технологиялари, компьютерда дастурлаш амалиёти, умумтаълим фанлари ва хорижий тилларни ўргатиш, зарур ҳолларда яшаш ва транспорт харажатларини қоплаш учун субсидия ажратиш бўйича давлат хизматини кўрсатиш тартибини белгилайди.

         Жамғарма маблағлари ҳисобидан ногиронлиги бўлган ҳар бир ёшга унинг талабига мувофиқ базавий ҳисоблаш миқдорининг 50 бараваригача бўлган миқдорда субсидия ажратилади. Ўқиш харажатлари учун ажратиладиган субсидия миқдори ҳар ойда базавий ҳисоблаш миқдорининг беш бараваридан кўп бўлмаслиги лозим.
Яшаш харажатлари учун ажратиладиган субсидия миқдори бир суткада ижарада яшаш учун базавий ҳисоблаш миқдорининг ўн фоизидан ошмаслиги лозим.
         Ушбу Регламент қоидалари Вазирлар Маҳкамасининг «Ижтимоий ҳимояга муҳтож ёшларни қўллаб-қувватлашнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида» 2021 йил 4-октабрдаги 617-сон қарорида белгиланган «Ёшлар дафтари»га киритилган ёшларнинг хорижий тиллар ва умумтаълим фанлари бўйича нодавлат таълим ташкилотларида ўқиш харажатларининг бир қисмини ҳамда улар бўйича миллий сертификатлар олиш учун ўтказиладиган имтиҳонларни топшириш харажатларини қоплаб беришга нисбатан татбиқ этилмайди.
       Субсидия ҳар йили аризалар топшириш кетма-кетлиги бўйича ушбу Қарор талабларига тўлиқ мос келган 500 нафар ногиронлиги бўлган шахсга ажратилади. Жорий йилда 500 нафар талабгорга субсидия ажратилгандан сўнг субсидия бериш учун ариза қабул қилиш тўхтатилади. Субсидия ажратилгунга қадар, бироқ кетма-кетлиги бўйича субсидия ажратилган талабгорлардан кейин ариза топширган шахслар кейинги йил учун рўйхатга қўйилмайди ҳамда субсидия олиш учун келгуси йилда янгидан мурожаат қилади.
        
    З.Эгамбердиева
    Риштон туман ДХМ мутахассиси                                                                                                    
                                      

10
Mobil-ID tizimi nima? Undan foydalanishning qanday afzalliklari bor?

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etilgan. Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Afzallik tomoni shundaki, mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish jarayonida  2022-yil 31-dekabrga qadar toʻlov undirilmaydi.  2023-yil 1-yanvardan boshlab esa bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undirilgan holda amalga oshiriladi.
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qoʻl barmogʻi izi olinadi va mobil telefon raqami YAIDXPdagi shaxsiy kabinetga bogʻlanadi.
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan YAIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qoʻllaniladi hamda mobil telefon raqami YAIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul ulanadi.
Fuqaroning YAIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga koʻra va belgilangan toʻlovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.