Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

28
Fargʻona viloyatidagi jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan mahallalardagi holatlar oʻrganildi

           Hozirgi kunda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
   Shunga koʻra, Fargʻona viloyatiga xizmat safari chogʻida Adliya vaziri, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi va boshqa mas’ullar tomonidan viloyatdagi jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan Margʻilon shahridagi "Uzun hovuz" MFY, Qoʻshtepa tumanidagi "Qumtepa" MFYlarga borildi, ushbu mahallalardagi "beshlik" (mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori) bilan suhbatlar oʻtkazildi hamda muammo va takliflar, jinoyatlar sonining oshishi sabablari va omillari oʻrganildi.
   Suhbatlar davomida jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik nazoratining oʻrni va huquqiy targʻibot tadbirlariga alohida urgʻu berildi.
     Kelajakda ushbu hududlarda jinoyatlarni kamaytirish yuzasidan koʻplab fikr, mulohazalar va takliflar bildirildi.

Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona

28
Adliya vaziri Fargʻonadagi davlat xizmatlari markazi hamda Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarida boʻldi

Shu kunlarda adliya vaziri Akbar Toshqulov Fargʻonada xizmat safarida. Dastlab vazir viloyatdagi adliya tizimidagi xodimlarning ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi takliflarni oʻrgandi.
✅Fargʻona shahar davlat xizmatlari markazi hamda Yuridik xizmat koʻrsatish markazida bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi. Mijozlar va fuqarolar bilan tizimda amalga oshirilishi zarur boʻlgan yangiliklar, hayotga tatbiq etilishi shart boʻlgan takliflar, fikr-mulohazalar bilan qiziqdi.
Kanalga ulanish????????????
https://t.me/adliya_fargona

27
Adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi 30 dan ortiq faol NNT vakillari ishtirokida “Nodavlat notijorat tashkilotlari sohasidagi islohotlar” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

   Davra suhbatida asosiy e’tibor nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishi, ijtimoiy sheriklik hamda ularni qiynayotgan muammolarga qaratildi.
   Tadbirda NNTlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida qonunchilikdagi normalarni soddalashtirish va sohadagi muammolar boʻyicha NNTlar bilan oʻzaro fikr almashildi.
    Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha ma’lumotlar olishdi va NNTlar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona

18
Adliya boshqarmasida matbuot anjumani o'tkazildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq “Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘tgan 2023-yil 1-yarim yilligi davomidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda boshqarma boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Fayzullayev tomonidan viloyatda 2023-yilning I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Matbuot anjumanida adliya organlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar ochiqlandi hamda sohadagi ishlar alohida tahlil qilindi.

Yakunda anjuma ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish
t.me/adliya_fargona

13
Eksklav hudud – Cho‘ng‘arada sayyor qabul tashkil etildi.


Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi, Rishton tuman hokimligi va 10 dan ortiq   tashkilotlar mas’ullari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabulda 150 dan ortiq fuqarolarning 80 ga yaqin murojaatlari o‘rganildi. Bir yarim mingga yaqin ko‘p millatli aholi istiqomat qiladigan ushbu mahalla fuqarolar yig‘inini o‘ziga hos deyishimiz mumkin. Sababi oddiy. Cho‘ngara qishlog‘i Rishton tumanining eksklav hududi. Uning chor tarafi Qirg‘iziston sarhadlari bilan tutashib ketgan.

   Sayyor qabul davomida xorijga chiqish passportini rasmiylashtirish, onlayn davlat xizmatlari va yuridik xizmatlar ko‘rsatish, ID-karta olish, notarial harakatlar, uy-joy, kommunal, moddiy yordam olish, pensiya va boshqa masalalar o‘rganildi.

   Jumladan, xorijga chiqish passportini rasmiylashtirish bo'yicha 26 ta, haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish bo'yicha 5 ta, notarial harakatlarni amalga oshirish bo'yicha 6 ta, biometrik passport o'rniga ID-karta olish bo'yicha 3 ta xizmat ko'rsatildi. Shuningdek, tegishliligi bo‘yicha 31 ta murojaat adliya boshqarmasi ish yurituviga olindi.

   Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish  
https://t.me/adliya_fargona

10
Mehnat huquqlarimizni o'rganamiz.

   Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tuman (shahar) bo'limlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartirishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
    Tadbirlar davomida Mehnat kodeksining eski va yangi tahriri normalarini bir-biridan farqli jihatlarini solishtirib, ishtirokchilarga oddiy va sodda tilda ko‘rgazmali shaklda tushuntirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Kanalga ulanish  
https://t.me/adliya_fargona

26
"Yoshlar kuni"

       30-iyun – "Yoshlar kuni" munosabati bilan, joriy yil 25-iyun kuni mamlakatimizning 16 ta shahrida, shu jumladan, Fargʻonada ham “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi yuqori darajada oʻtkazildi.
   Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasi hududida boshlangan “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” yagona shiori ostida oʻtkazilgan marafonda 3 mingdan ortiq, shu jumladan imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 70 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
   Tadbir yakunida nogironligi bor shaxslar o‘rtasida faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga viloyat adliya boshqarmasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
   Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona

12
Fargʻona viloyati NNTlar uyida “Nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlari himoyasi” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

   Seminar-treningda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi, Davlat boshqaruv akademiyasi Fargʻona viloyat filiali xodimlari va 20 nafar NNTlar rahbarlari, ekspertlar guruhi a’zolari ishtirok etishdi.
   Seminar-treningda NNTlarga yaratilgan imkoniyatlar va qonunchilikdagi yangiliklar, “Yangilangan Konstitutsiyada NNTlar faoliyatiga e’tibor, ularning faoliyatiga oid qonun hujjatlari”, shuningdek “Nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro qonuniy hamkorlik prinsiplari, ijtimoiy sheriklik asoslari” mavzularida ma’ruzalar qilinib, davlat ijtimoiy buyurtmalarida NNTlarning ishtiroki masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
   Seminar davomida NNTlar tomonidan Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritilishi munosabati bilan bir qancha Qonun va qonun osti hujjatlariga oʻzgartirishlar kitirish boʻyicha takliflar berildi.
https://t.me/adliya_fargona

09
9-iyun — “Xalqaro arxivlar kuni”

Ushbu kun munosabati bilan Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tizimida faoliyat olib boruvchi jonkuyar xodimlar va arxivariuslarga ehtirom koʻrsatildi.

30
Bilasizmi

     Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va  
tadbirkorlar huquqlarining himoyasini taʼminlanmoqda
Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarining samarali himoyasini taʼminlash maqsadida Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–833-son, 26.04.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlganda xususiy ajrim chiqaradi.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishga koʻra:
•    Barcha sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari 3 yil ichida ijroga topshirilishi mumkin.  Ilgari iqtisodiy sudlarniki 6 oy ichida edi;
•    Davlat ijrochisining har qanday qarorlari yoki harakatlari ustidan shikoyat faqat maʼmuriy sudga yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Ilgari esa Iqtisodiy sud bilan bogʻliq ijro yuzasidan iqtisodiy sudlarga shikoyat berilgan.
Shuningdek, Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga muvofiq, endilikda oʻzaro bogʻliq boʻlgan, baʼzilari fuqarolik sudiga, baʼzilari esa maʼmuriy sudga taalluqli bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ilgari esa mazkur ishlar birlashtirilib barcha talablar fuqarolik sudida koʻrilgan.
Talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.
Iqtisodiy yoki maʼmuriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga koʻra kelib tushganda sudya ariza tegishli talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 kundan kechiktirmay daʼvogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi va unga buning uchun 10 kundan oshmaydigan muddat beradi.
Bundan tashqari, mazkur Kodeksga kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish hamda kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish bilan bogʻliq asoslar kiritildi.
Qonun bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga ham qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan, taraflarning kelishuv bitimi tuzish huquqi belgilandi. Unga koʻra:
    taraflar maʼmuriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda toʻliq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin;
    taraflarning kelishuvi faqat ularning nizoli ommaviy huquqiy munosabatlar subyekti sifatidagi huquq va majburiyatlariga taalluqli boʻlishi hamda taraflarning oʻzaro yon berishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin;
    kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi;
    kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.
Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, maʼmuriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan maʼmuriy ishning toʻgʻri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshiradi.
Sud oʻz tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha qoʻshimcha dalillar toʻplaydi, shuningdek maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.
Shuningdek, sudga arizachi ariza (shikoyat) bilan bir qatorda arizada koʻrsatilgan talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni ham taqdim etishga haqli.
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, zararlarning oʻrnini qoplash haqidagi arizalar (shikoyatlar) boʻyicha talab summasining 2 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda davlat boji undiriladi.  


Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi
Lazizbek ASQAROV