Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

03
Bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish tartibi belgilandi

“Xalq ta'limi tizimida davlat xizmatlarini ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida”gi Hukumat qarori (295-son, 01.06.2022-y.) qabul qilindi

Qaror bilan quyidagilar bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlari tasdiqlandi:

bolalarni davlat maktablariga qabul qilish hamda o'quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o'tkazish;
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar farzandlarini maktabga qabul qilish uchun arizalar olish;
eksteriat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish;
umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish.

  Shunga ko'ra, har yili 1-maygacha o'quvchilarni 1-sinfga qabul qilish va bir maktab (sinf)dan boshqasiga o'tkazish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladigan hududlar ro'yxati tasdiqlanadi va Xalq ta'limi vazirligi rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

1-sinfga bolalar ular 7 yoshga to'ladigan yilda qabul qilinadi.

   Davlat xizmati ko'rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig'im undirilmaydi.

  Ariza beruvchi mikrohudud bo'yicha maktabga qabul qilish uchun har yili 20-iyundan 31-iyulgacha YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) yoki Xalq ta'limi vazirligining elektron xizmatlar portalida ro'yxatdan o'tadi.

  Ariza beruvchining yashash manzili bo'yicha maktabda tanlagan ta'lim olish tilidagi sinf bo'lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa maktab mikrohudud sifatida biriktiriladi.

  So'rovnoma to'ldiriladi hamda hududiy xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan 3 ish kunida ko'rib chiqilib, mikrohudud bo'yicha maktabga yuboriladi yoki sababi ko'rsatilgan holda qaytariladi. Bu haqda ariza beruvchilarga xabar yuboriladi.

  Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda mikrohudud bo'yicha yuborilgan maktabga onlayn navbat asosida boradi va bolaning sog'lig'i to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnomani maktabga taqdim etadi.

Maktab qabul komissiyasi tomonidan 1 ish kunida bolani maktabga olish yoki rad etish to'g'risida qaror qabul qilinadi.

Quyidagi hollarda qabul komissiyasi bolani maktabga qabul qilishni rad etishi mumkin:

tibbiy ma'lumotnomada maktabda ta'lim olish tavsiya etilmagan bo'lsa;
tanlangan tilda bola boshlang'ich so'zlashuv ko'nikmasiga ega bo'lmasa;
so'rovnomadagi ma'lumotlar noto'g'riligi aniqlansa.

Mikrohududdan tashqaridan bolalar maktabga har yili 1–15-avgust kunlari qabul qilinadi.

   Mazkur tartib Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi maktablarga nisbatan qo'llaniladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

01
“Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi

Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/3857) ko'ra,  2023-yil 1-fevraldan:

QR-kod qo'yilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi;
order qog'oz shaklda rasmiylashtirilganida, “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi;
advokat so'rovi shakliga qo'yilgan talablar, shu jumladan unga orderning ko'chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.
   “Yuridik yordam” axborot tizimi joriy etilishi munosabati bilan:
davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish elektron tartibda tasodifiy tanlash yo'li bilan aniqlanadi;
advokatlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish va malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi;
advokatlik tuzilmalaridan statistik ma'lumotlarni an'anaviy shaklda yig'ish bekor qilinib, ular avtomatik ravishda umumlashtiriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

26
Ayol xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

"Sport - sog‘lik garovi" shiori ostida Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan ayol xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi. G‘oliblar musobaqaning respublika boshqichiga yo‘l olishdi.

20
“Qoidalarga yoʼl ham boʼysunadi”

Аdliya vazirligi tomonidan joriy yil 15 maydan 15 iyunga qadar “Qoidalarga yoʼl ham boʼysunadi” shiori ostida yoʼl harakati xavfsizligi boʼyicha huquqiy savodxonlik oyligi eʼlon qilinadi.

Oylik doirasida:

Yoʼl harakati ishtirokchilari huquqlari OАV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi;
kurslar.huquqiyportal.uz platformasida yoʼl harakati qoidalari boʼyicha bepul onlayn oʼquv kurslari tashkil etiladi;
“Huquqiy axborot minbari” rukni ostida mutaxassislar ishtirokida jonli efirlar tashkil qilinadi;
Radioefirlarda sovrinli huquqiy viktorinalar oʼtkaziladi;
“Bir qadam” nomi ostida ijtimoiy videoroliklar tanlovi eʼlon qilinadi;
“Street law” loyihasi doirasida maktab oʼquvchilarida amaliy koʼnikmalar shakllantiriladi;
Yoʼlovchilarga yoʼl harakatlarini sodda tushuntirish maqsadida sayyor qabullar uchun “Huquqiy taxi” xizmati yoʼlga qoʼyiladi;

16
Farg’ona viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida E’LON

ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI XODIMLARI
DIQQATIGA
Farg’ona viloyat adliya boshqarmasida ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida
E’LON
Ichki tanlov o‘tkazilayotgan tuman (shahar) adliya bo‘limlari bo‘yicha lavozimlar:

№    Hudud nomi    Lavozim
                   Adliya bo‘limi boshlig‘i
1.    Beshariq tumani          1
2.    O’zbekiston tumani        1
3.    Bog‘dod tumani            1
4.    Quva tumani                   1
5.    Qo’shtepa tumani         1
6.    Buvayda tumani            1
Ichki tanlov o‘tkazilayotgan tuman (shahar) adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazi bo‘yicha lavozimlar:

№    Hudud nomi    Lavozim
        Davlat xizmatlari markazi direktori
1.    Quva tumani                    1
2.    Qo’shtepa tumani            1
3.    Oltiariq tumani              1
4.    Yozyovon tumani             1
Ichki tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlarga qoʻyiladigan lavozim boʻyicha talablar;
•     adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga – oliy yuridik maʼlumotga ega, ushbu mutaxassislik boʻyicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlar;
•    davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga – oliy maʼlumotga ega, adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlari.
Murojaat muddati va manzil:
    Nomzodlar 2022-yil 18-may kuni soat 18:00 qadar quyidagi hujjatlarni  Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi:
Ariza - ichki tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar eʼlonda koʻrsatilgan muddatda komissiya kotibiga murojaat qiladi va komissiya kotibi ularni elektron reestrga kiritib qoʻyadi.
Nomzod tomonidan bir yil davomida amalga oshirgan ishlari qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha berilgan takliflari va tashabbuskorlik ishlari, statistik koʻrsatkichlari aks etgan ma’lumotlar.
Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon, 93-641-75-51, 91-653-06-09, e-pochta fargona@adliya.uz
•    Tanlov Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi
(Manzil: Farg’ona shahar Navoiy ko'chasi 18- uy.
•     Ichki tanlov jarayonlarini audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi.
•    Ichki tanlov o‘tkazish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


16
Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-221-son qarorining ijrosini taʼminlash boʻyicha.

Joriy yilning 16-may kuni Fargʼona viloyat adliya boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-221-son qarorining ijrosini taʼminlash boʻyicha Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshligʻi Y.S.Kanyazov raisligida oʼquv seminar mashgʼuloti oʼtkazildi. Ushbu seminarda Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi B.R.Roʻziyev, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Fargʻona viloyat boshqarmasi boshligʻi birinchi oʼrinbosari B.M.Xakimov, maʼsul tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari va OAV ishtirok etdi.

11
Farg'ona viloyati adliya boshqarmasining rasmiy axborot manbalari:

Qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari bo‘yicha videoroliklar va ko‘rgazmali materiallar bilan Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining facebook, instagram, telegram hamda youtube sahifalari orqali quyidagi linklar orqali tanishib borishingiz mumkin.

Farg'ona viloyati adliya boshqarmasining rasmiy axborot manbalari:

Web-sayt: https://fargona.adliya.uz

Telegram: https://t.me/adliya_fargona

Facebook:  https:/www.facebook.com/groups/707837036273804/?ref=share

Insagram: https://www.instagram.com/adliya_fargona/

You Tube: https://www.youtube.com/channel/UC724IPpX_3sNHMD52zLnBKw

Fuqarolar murojaati uchun: @faradliya_bot

06
ADLIYA SAYLI

Mazkur tadbirda davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi, FHDY, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, kadastr idoralari, soliq, bandlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, shuningdek, nodavlat-notijorat tashkilotlari, viloyat boshqarmalari, shu bilan birga, harbiy tuzilmalar mas’ul xodimlari ishtirok etishdi hamda fuqarolarning huquqiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804) I instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube

(https://www.youtube.com/channel/UC724IPpX_3sNHMD52zLnBKw/videos)Bizga murojaatingiz bormi?
@faradliya_bot

05
Diqqat e'lon!

Aziz yurtdoshlar!
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Adliya sayli” huquqiy-madaniy tadbiri o'tkaziladi! Tadbir 7-may kuni Farg‘ona shahrida joylashgan “Ahmad al-Farg‘oniy” nomli istirohat bogʻida boʻlib oʻtadi.
“Adliya sayli” doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
Soat 10:00 da "Adliya sayli"ning ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Saylda “Huquqiy maslahat” aksiyasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi xodimlari, notariuslar, advokatlar hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, FHDY va Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar beriladi.
Bundan tashqari, viloyatimizdagi idora va tashkilotlar tomonidan oʻzlarining turli xil koʻrinishdagi yarmarkalari bilan chiqishlari belgilangan, shular qatorida
bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi
va fuqarolar uchun
bepul tibbiy ko'rik ham joy olgan.
Sayl dasturidan ishtirokchilar oʻrtasida turli sport musoboqalari va milliy oʻyinlar oʻrin olgan.
Shu bilan birga, tadbir doirasida saylga tashrif buyuruvchilarga DXM va FHDY xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatiladi.
Saylda ishtirokchilarning bilim darajasini mustahkamlashga qaratilgan savol-javob, huquqiy viktorinalar hamda test sinovlari oʻtkazilib, gʻoliblar estalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Tadbir doirasida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur o'tkazilishi rejalashtirilgan.
ENG ASOSIYSI tadbir davomida konsert dasturi ham boʻlib oʻtadi.
Barchani “Adliya sayli”da kutib qolamiz!

27
Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning muammolarini  joyida o'rganish hamda ularning  qonuniy  huquq
va manfaatlarini himoya  qilish maqsadida  O'zbekiston Respublikasi  Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova  nomidagi Respublika  sud ekspertizasi  markazi  rahbariyati  tomonidan  2022-yil 29-aprel  kuni  Farg'ona  viloyati yuridik texnikumi binosida  jismoniy shaxslarni  va  yuridik  shaxslar  vakillarini sayyor  qabul  qilish kuni  belgilangan. Sayyor qabul  Farg'ona  viloyati  yuridik  texnikumi  binosida 2022-yil 29-aprel kuni   soat  11:00  dan  15:00  ga qadar  bo‘lib  o‘tadi. Qo'shimcha  ma'lumotlar  uchun  telefon:  (71) 209-11-55  (180)