Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

01
Adliya yangiliklari

1 avgustdan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?
▪️ Davlat organlari va tashkilotlarida Ochiqlik indeksi joriy etiladi (http://old.lex.uz/docs/6066512);
▪️ Nogironligi boʻlgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha boʻlgan miqdorda subsidiya ajratish (http://old.lex.uz/docs/6076304) uchun ariza qabul qilish boshlanadi;
▪️ Jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi (http://old.lex.uz/docs/5971599);
▪️ Oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini baholash reyting tizimi joriy qilinadi (http://old.lex.uz/docs/5979130);
▪️ Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish (http://old.lex.uz/docs/5409456)uchun barcha hujjatlar faqat YAIDXP orqali qabul qilinadi;
▪️ Nogironligi boʻlgan shaxslarni (http://old.lex.uz/docs/5745300) hisobga olishning yangi tizimi joriy etiladi;
▪️ «Elektron surishtiruv va dastlabki tergov (http://old.lex.uz/docs/5840465)» yagona axborot tizimi toʻliq versiyada ishga tushadi;
▪️ Yuridik xizmat koʻrsatiladigan (http://old.lex.uz/docs/5914991) tuman davlat tashkilotlarining roʻyxati kengayadi.
♻️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804) I instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube

29
Qonun loyihasi deputatlar muhokamasida

Joriy yilning 29-iyul kuni Fargʻona viloyati mahalliy kengashi deputatlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtib, unda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.Xolmatov tomonidan yangi tahrirdagi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuning mazmun-mohiyati, qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha maʼruza qilindi.
♻️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804) I instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube

16
Fargʻona yuridik texnikumida "Bitiruvchi 2022" tadbiri oʻtkazildi.

Joriy yilning 16-iyul kuni Fargʻona yuridik texnikumida "Bitiruvchi 2022" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Fargʻona adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Fargʻona shahar xokimligi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirda adliya boshqarmasi boshligʻi A.Buriyev hamda mehmon tashkilot rahbarlari soʻzga chiqib, yosh bitiruvchilarga kelajakdagi faoliyatida omadlar tilashdi hamda bitiruvchilarga diplom va faxriy yorliqlar topshirishdi.
Tadbir bitiruvchilar uchun konsert dasturlari bilan davom ettirilib, mashxur sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar va raqs dasturlari bayramga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

telegram (https://t.me/adliya_fargona)
facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804)
instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube

15
Targʻibot guruhi harbiy qismda

2022-yil 15-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi DXX Chegara Qoʻshinlari 9229-sonli xarbiy qismda “Konstitutsiyaviy islohotlar” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlis senati aʼzosi M.Saliyeva, Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi xodimi A.Zaynutdinov hamda harbiy qism rahbariyati ishtirok etishdi.
Tadbir davomida A.Zaynutdinov maʼruza bilan ishtirok etib, konstitutsiyaviy Qonun loyihasi va Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar, ularning mazmun-mohiyati, shuningdek. referendum oʻtkazish boʻyicha tadbir ishtirokchilarga tushuntirishlar berdi.
Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

05
Mualliflik va turdosh huquqlar himoyasini kuchaytirishda oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Fargʻona viloyati shoirlar, yozuvchi va ijodkorlar yurti boʻlib, vodiyda shoiru-yozuvchilar, xushovoz honandalar, askiyachi va qiziqchilarni juda koʻplab uchratish mumkin. Bu esa avvalo, hududda mualliflik va turdosh huquqlarini huquqiy kafolati nechogʻlik muhimligidan dalolatdir.

Mualliflar, yozuvchilar, bastakor va kompozitorlar huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish, joylarda ijodkorlarni tashvishga soluvchi huquqiy muammolarni hal etish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish nechogʻlik amalda himoyalangani bilan bogʻliq.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kuni kecha shoir Behzod Fazliddinning murojaatiga asosan “Kutmagan kunlari, kutgan kunlarim” sheʼriy toʻplamidagi “Balosiz goʻyoki gʻamimni yeysiz” sheʼridan ruxsatsiz foydalanib qoʻshiq qilib ijro etgan xonanda J.A.ga nisbatan adliya boshqarmasi tomonidan MJtK ning 177¹ –moddasiga asosan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilib, jinoyat ishlari boʻyicha Uchkoʻprik tuman sudining qaroriga ko‘ra J.A. huquqbuzar deb topildi va unga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.

Yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish, viloyatda ijod qilayotgan ijodkorlarning mashshaqtli mehnatlarini samarali himoya qilish maqsadida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi oʻrtasida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish va ushbu sohada huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan kompleks hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda Fargʻonada ijod qilayotgan shoirlar, yozuvchilar va ijodkorlar bilan hamnafas boʻlish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi

24
Ta'lim tizimi vakillariga konstitutsiyaviy islohotlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Joriy yilning 24-iyun kuni Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Farg‘ona soliq texnikumida "Konstitutsiyaviy islohotlar zarurati va ustuvor yo‘nalishlari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilariga adliya boshqarmasi mas'ul xodimi A.A'zamxonov tomonidan konstitutsiyaviy islohotlar zarurati, ustuvor yo‘nalishlari hamda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bergan takliflari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook (https://www.facebook.com/groups/707837036273804) I instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/)

23
“Yosh huquqshunos” tanlovining viloyat bosqichi Start oldi!

Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi katta majlislar zalida “Yosh huquqshunos” tanlovining viloyat bosqichi ayni damda boʻlib oʻtmoqda.

19 ta tuman shahardan tashrif buyurgan finalistlar oʻzaro bellashmoqda. Dastlabki bosqichda ishtirokchilarga test savollari taqdim etildi.

Telegram sahifamiz   t.me/yia_Fergana

22
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadidagi ma’lumotlar.

2022 yilda Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi budjetdan ajratilgan mablag‘larning chegaralangan miqdorining o‘z tasarrufidagi budjet
tashkilotlari kesimida taqsimoti to‘g‘risida
     MA’LUMOT


   Hisobot davri mobaynida budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar summasi shundan ish haqi va unga tenglashtiruvchi to‘lovlar miqdori 1 475 129 so'm yagona ijtimoiy soliq 368 783 so'm boshqa joriy xarajatlar 45 000 so'mni tashkil qildi.

15
Farg'ona viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Buriev Abdumannop Abduraxmatovich Farg'ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

A.Buriev 1986 yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug'ilgan, ma'lumoti oliy, 2010 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2016 yilda O'zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o'z mehnat faoliyatini 2011 yilda Adliya vazirligi Yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlab, turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirga qadar Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig'i bo'lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Abdumannop Burievni ushbu mas'uliyatli lavozim bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

10
Yana bir yangi xizmat ishga tushdi!

Hukumat qarori (317-son, 07.06.2022-y (https://lex.uz/pdfs/6052629).) bilan tasdiqlangan  davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

Bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha davlat xizmati ishga tushurildi.

Ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP (https://my.gov.uz/uz/service/542)) orqali elektron murojaat qiladi.

Ariza beruvchi oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan so'ng, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.

Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

@adliyangiliklari