Yangiliklar
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Quva tumanida faoliyat koʻrsatuvchi fermer xoʻjaliklari rahbarlarining murojaatlari koʻrib chiqildi.
Aniqlanishicha, Quva tuman davlat soliq inspeksiyasi kiritgan daʼvo arizalari yuzasidan Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarorlariga asosan Quva tumanida faoliyat koʻrsatuvchi 21 ta fermer xoʻjaliklariga nisbatan jami 7 mlrd 760 mln 788 ming soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllanilgan.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fermer xoʻjaliklariga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllash haqidagi hal qiluv qarorlarini bekor qilish yuzasidan huquqiy yordam koʻrsatildi.
Natijada 21 ta fermer xoʻjaliklariga nisbatan qoʻllanilgan jami
7 mlrd 760 mln 788 ming soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllash haqidagi sudning hal qiluv qarorlari bekor qilindi, shuningdek fermer xoʻjaliklarining bankdagi hisobvaraqlariga taqdim etilgan inkasso topshiriqnomalari chaqirib olindi.
Fermer xoʻjaliklarining buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.
Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi boshligʻi Fayzullo Mamajonov
Fargʼona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Sh.Аbdulxaevning murojaati koʼrib chiqildi.
Аniqlanishicha, Fargʼona viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʼining buyrugʼiga asosan Buvayda tuman xalq taʼlimi boʼlimi mudiri oʼrinbosari Аbdulxaev Shukrullo Qambarali oʼgʼli bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Аdliya boshqarmasi tomonidan Sh.Аbdulxaevning manfaatini koʼzlab Fuqarolik ishlari boʼyicha Fargʼona tumanlararo sudiga “Ishga tiklash, majburiy progul vaqti uchun ish haqi undirish va maʼnaviy zararni undirish haqida” daʼvo ariza kiritildi.
Sudning 2021 yil 12 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan Аbdulxaev Shukrullo Qambarali oʼgʼlini oʼzi ishlab kelgan lavozimga ishga tiklash, majburiy progulda boʼlgan kunlari uchun 7 814 765 soʼm ish haqi hamda maʼnaviy zarar uchun 2 000 000 soʼm undirilishi belgilandi.
Fargʼona viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish boʼlimi boshligʼi Fayzullo Mamajonov
Vazirlar Mahkamasining 655-son qarori bilan Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari quyidagilar hisoblanadi:
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Mazkur ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Ta’lim oluvchilarni mutaxassislik fanlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash hamda ularni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalari faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Oliy harbiylashtirilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish kamida 3 yil davom etadi.
Shuningdek bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim shakllarida amalga oshirilishi joriy etiladi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish kamida uch yil davom etadi. Bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (masofaviy), sirtqi ta’lim jarayonining davom etish muddati oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlar uchun kamida to‘rt yil, oliy ma’lumotga ega xodimlar uchun uch yil etib belgilanadi.
Nizomga asosan kursant - ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakliga belgilangan tartibda o‘qishga qabul qilingan shaxs;
tinglovchi - ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishining sirtqi ta’lim shakliga va magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan shaxs;
xodim - O‘zbekiston Respublikasida mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida xizmat olib borayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar hisoblanadi.
Nizom bilan endilikda kursantlar 1-bosqich ta’lim muddati yakunlanganidan so‘ng muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi va ularga harbiy guvohnoma beriladi.
Magistratura mutaxassisliklarida o‘qitish kunduzgi yoki masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshirilib, o‘qish davomiyligi kamida 1 yilni tashkil etadi.
Bundan tashqari ta’lim muassasalari boshqaruv sohasiga mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun 2 bosqichli (ikki yillik) magistraturani tashkil etishi mumkin. Bunda bitiruvchilarga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyati beriladi.
Ta’lim muassasalari bitiruvchilariga diplom bilan birga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi ko‘krak nishoni beriladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada
huquqni qo‘llash amaliyotini
o‘rganish bo‘limi katta maslahatchisi
O.Qo‘chqorov
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qarori bilan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish hamda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qarorlar “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi.
Oila: 2021-yilning 1-sentyabridan — oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik oʻrtacha daromad 440 ming soʻmdan oshmaganda;
2022-yildan boshlab — oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik oʻrtacha daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam taʼminlangan deb eʼtirof etiladi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu Nizomda belgilangan tartibda oila aʼzolarining taqdim etgan arizalariga asosan “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etilgandan soʻng tayinlanadi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladi va roʻyxatga olinadi.
Oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning
16-sanasiga qadar taqdim etiladi. Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda keyingi oyda koʻrib chiqiladi.
Oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisida qabul qilingan arizalar Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining masʼul xodimlari tomonidan har kuni, biroq ariza berilgan oyning 26-sanasiga qadar “Yagona reyestr” ATga kiritiladi.
Oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash yoxud tayinlashni rad etish “Yagona reyestr” AT orqali avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etish Nizom asosida amalga oshiriladi.
Mazkur bandda koʻrsatilgan mezonlar asosida bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad etilganda, ariza beruvchiga xabar “Yagona reyestr” AT orqali rad etish sabablari koʻrsatilgan holda elektron shaklda (arizada koʻrsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
Ariza beruvchi ushbu Nizomning 6, 19 va 31-bandlarida koʻrsatilgan mezonlarga mos boʻlgan hollarda “Yagona reyestr” ATda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Bunda ariza beruvchiga “Yagona reyestr” AT orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisida elektron xabar (arizada koʻrsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabarlar xizmati orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
Toʻlovning oʻtgan oyida olinmagan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam summasi toʻlovning joriy oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritiladi hamda tayinlangan, biroq oʻz vaqtida olinmay qolgan toʻlovlar oʻtgan davrlarda hisoblangan miqdorlarda butun davr uchun, biroq bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olish muddati tugaganidan keyin uch oydan ortiq boʻlmagan muddatda bir yoʻla toʻlanadi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam toʻlovi oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash
amaliyotini oʻrganish boʻlimi boshligʻi vazifasini
bajaruvchi Fayzullo Mamajonov
Vazirlar Mahkamasining “Аholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-maygacha:
bananlar, shu jumladan plantaynlar (yangi yoki quritilgan);
yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya;
yangi yoki quritilgan sitrus mevalar;
yangi papaya;
yangi olma, nok va behi;
kivi bojxona bojidan ozod qilindi.
Shuningdek, qaror bilan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik subyektlarini aylanma mablag‘lari bilan ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 32,8 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada hamda Moliya vazirligi 200 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘lari ajratildi.
Kreditlar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga likvidli garov ta’minoti asosida o‘simlik yog‘i, kartoshka, go‘sht (mol, qo‘y, parranda go‘shti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4 foizlik stavkada ajratiladi.
Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi haqida o’z fikringizni so’rovnomamizda qatnashish orqali bildiring.
Joriy yilning 23-sentyabr kuni Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda viloyat IIB, sogʻliqni saqlash boshqarmasi, xalq taʼlimi boshqarmasi va Bandlik bosh boshqarmasi vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida nodavlat notijorat tashkilotlari murojaatlarini koʻrib chiqishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Davra suhbatida asosiy eʼtibor nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik masalasida mutasaddi davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilishi va ularni koʻrib chiqilishining huquqiy asoslariga qaratildi.