Yangiliklar
Endilikda mahkumlar ham davlat хizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin
Ichki ishlar vazirining “O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qoʻshimcha kiritish to'g'risida”gi buyrug'i qabul qilindi (ro'yхat raqami 2495-6, 31.10.2022 y.).
Qo'shimchaga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat хizmatlari, shu jumladan notarial хizmatlardan foydalanishi uchun alohida хonalar ajratiladi. Ushbu хonalar veb-kamera hamda internet tarmog'iga ulangan kompyuter teхnikasi bilan jihozlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 31.10.2022-yildan kuchga kirdi.
Каналга уланиш
Fargʻona viloyatida 2022-yilнинг 10 oyi davomida 25 ming 528 ta nikoh qayd etildi. Mavjud 21 ta FHDY boʻlimlarida 84 ming 358 tadan ortiq chaqaloqqa tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.
Fargʻona viloyatida joriy yilning oʻn oyi davomida 4 459 ta nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlari qayd etilib, oilalarning buzilish sabablari oʻrganib chiqilganda - 615 ta holatda farzandsizlik, 31 tasida xiyonat, 432 tasida uzoq vaqt birga yashamaslik, 2 738 tasida oilaviy kelishmovchiliklar, 311 tasida uchinchi shaxsning oilaviy munosabatlarga aralashuvi va qolgan holatlarda yoshlarimizning oila qurishga tayyor emasligi, sogʻligʻiga eʼtiborsizlik, yigitlarning oilani boshqarishni, roʻzgʻorni moddiy taʼminlash, farzandlarni maʼnan hamda jismonan sogʻlom qilib tarbiyalashni oʻz burchlari, deb bilmasliklari, qizlarning esa uy bekasi, onalik vazifasini tushunmasligi, aksariyat hollarda qaynona va kelin oʻrtasidagi mojarolar tufayli yuzaga kelayotganligi maʼlum boʻldi.
Aholiga tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tizimida quyidagi fuqarolik dalolatnomalarini yozish boʻlimlari yangi manzilga koʻchirildi. Xususan:
- Rishton tumani FHDY boʻlimi Markaz mfy, Ar Roshidoniy kuchasi, 152 uyda joylashgan tuman davlat xizmatlari markazi binosiga;
- Beshariq tumani FHDY boʻlimi Fayziobod mfy, Oltin vodiy kuchasi, 128 v uyda joylashgan tuman davlat xizmatlari markazi binosiga;
- Toshloq tumani FHDY boʻlimi Furqat mfy, A.Navoiy koʻchasi, 30 uyda joylashgan tuman davlat xizmatlari markazi binosiga.
Shu munosabat bilan yuqorida koʻrsatilgan FHDY boʻlimlari joriy yilning 31 oktabr kunidan yangi manzilda ish boshlaganligi maʻlum qilinadi.
Fargʻona viloyati
Adliya boshqarmasi
Hukumatning 106-son qarori (https://lex.uz/ru/docs/-5896414) bilan “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YAIDXP (http://my.gov.uz/) orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati orqali avtotransportingizga oid maʼlumotlarni juda tez, oson va qulay tarzda olishingiz mumkin!
Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!
“Avtomobil tarixi”ga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonlari to‘liq oxiriga etmaganligi sababli mazkur xizmat TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!!
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi;
Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
300 000 so'm (BHMning 1 baravari baravari);
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi
Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni
Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan
Ma'lumot uchun: Oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish litsenziyaning ushbu kichik turida oxirgi iste’molchilarga yo‘ldoshli aloqa va yo‘ldoshli navigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilmaydi.
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratiladi (https://lex.uz/docs/-6002834).
-Yengil konstruksiyali issiqxonalar o'rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (9 mln so'mgacha) miqdorida;
-Sug'orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;
-Urug'liklar va ko'chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (900 ming so'mgacha) miqdorida;
-Ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan oilalar a'zolari va tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo'jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;
-“O'zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo'lda gilam va ipak mato to'qish bilan shug'ullanuvchilarga 3 tadan kam bo'lmagan ish o'rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to'qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;
-“Yaylov xo'jaligini rivojlantirish” uyushmasi a'zolariga qo'l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo'yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o'rni yaratish sharti bilan BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;
-2025-yil 1-yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo'nalishi bo'yicha o'quv kurslarida o'qish xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravaridan oshmagan (600 ming so'mgacha) miqdorda bir martalik;
-Tadbirkorlik va o'zini o'zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo'lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 7 million so'mgacha, xotin-qizlarga 10 million so'mgacha;
-Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tgandan so'ng dastlabki 3 oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to'lovini to'lash uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so'mgacha) miqdorida;
-Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a'zolik badali xarajatlari uchun – a'zolik badali miqdorida;
-Aholi bandligiga ko'maklashish markazida ro'yxatdan o'tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun – sarflanadigan xarajatlarni to'lashda bir martalik;
-“Usta-shogird” an'analari asosida yoshlarga hunar o'rgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta'minlash uchun – 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan (600 ming so'mdan) kam bo'lmagan miqdorda;
-Shogirdlarga – mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, o'z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 25 baravari (7,5 mln so'm) miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiya ajratiladi.
Эндиликда 14 ёшга тўлган ва 30 ёшдан ошмаган ногиронлиги бўлган мамлакатимиз фуқаролари, яшаш гувоҳномасига эга бўлган чет эл фуқароси ёки фуқаролиги бўлмаган шахслар ҳамда ўн олти ёшга тўлмаган шахс номидан мурожаат қилган унинг қонуний вакили субсидия олиш учун ариза бериши мумкин. Ариза берувчи субсидия олиш учун исталган давлат хизматлари марказига мурожаат қилади ёки Ягона интерактив давлат хизматлари порталида давлат хизматидан электрон тарзда фойдаланиш учун рўйхатдан ўтади.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 21 декабрдаги «Ногиронлиги бўлган шахсларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, уларнинг бандлигига кўмаклашиш ҳамда ижтимоий фаоллигини янада оширишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида» ПҚ-57-сон қарори ижросини таъминлаш мақсадида Вазирлар Маҳкамасининиг 2022 йил 22 июндаги Ногиронлиги бўлган ёшларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш бўйича давлат хизматларини кўрсатишнинг маъмурий регламенти тасдиқланди.
Ушбу қонунчиликка кўра, Ёшлар ишлари агентлигининг Ёшларга оид давлат сиёсатини қўллаб-қувватлаш жамғармаси маблағлари ҳисобидан ногиронлиги бўлган ёшларга нодавлат таълим ташкилотларида касб-ҳунар ўргатиш, уларда касбий кўникмаларни шакллантириш, ахборот технологиялари, компьютерда дастурлаш амалиёти, умумтаълим фанлари ва хорижий тилларни ўргатиш, зарур ҳолларда яшаш ва транспорт харажатларини қоплаш учун субсидия ажратиш бўйича давлат хизматини кўрсатиш тартибини белгилайди.
Қарорининг 5-бандига мувофиқ ҳар йили 500 нафаргача ногиронлиги бўлган ёшларга базавий ҳисоблаш миқдорининг 50 бараваригача бўлган миқдорда субсидия ажратиш белгиланган.
Ушбу қарорда ногиронлиги бўлган ёшларга ўқиш, яшаш ва транспорт харажатларини қоплаш учун субсидия ажратиш мумкин. Субсидия олиш учун аризалар жорий йил учун — 2022 йил 1 августдан ва 2023 йилдан бошлаб ҳар йили — 10 январдан қабул қилиниши белгиланган.
Ногиронлиги бўлган ёшларга ўқиш, яшаш ва транспорт харажатларини қоплаш учун субсидия ажратишнинг маъмурий регламентига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлигининг Ёшларга оид давлат сиёсатини қўллаб-қувватлаш жамғармаси маблағлари ҳисобидан ногиронлиги бўлган ёшларга нодавлат таълим ташкилотларида касб-ҳунар ўргатиш, уларда касбий кўникмаларни шакллантириш, ахборот технологиялари, компьютерда дастурлаш амалиёти, умумтаълим фанлари ва хорижий тилларни ўргатиш, зарур ҳолларда яшаш ва транспорт харажатларини қоплаш учун субсидия ажратиш бўйича давлат хизматини кўрсатиш тартибини белгилайди.
Жамғарма маблағлари ҳисобидан ногиронлиги бўлган ҳар бир ёшга унинг талабига мувофиқ базавий ҳисоблаш миқдорининг 50 бараваригача бўлган миқдорда субсидия ажратилади. Ўқиш харажатлари учун ажратиладиган субсидия миқдори ҳар ойда базавий ҳисоблаш миқдорининг беш бараваридан кўп бўлмаслиги лозим.
Яшаш харажатлари учун ажратиладиган субсидия миқдори бир суткада ижарада яшаш учун базавий ҳисоблаш миқдорининг ўн фоизидан ошмаслиги лозим.
Ушбу Регламент қоидалари Вазирлар Маҳкамасининг «Ижтимоий ҳимояга муҳтож ёшларни қўллаб-қувватлашнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида» 2021 йил 4-октабрдаги 617-сон қарорида белгиланган «Ёшлар дафтари»га киритилган ёшларнинг хорижий тиллар ва умумтаълим фанлари бўйича нодавлат таълим ташкилотларида ўқиш харажатларининг бир қисмини ҳамда улар бўйича миллий сертификатлар олиш учун ўтказиладиган имтиҳонларни топшириш харажатларини қоплаб беришга нисбатан татбиқ этилмайди.
Субсидия ҳар йили аризалар топшириш кетма-кетлиги бўйича ушбу Қарор талабларига тўлиқ мос келган 500 нафар ногиронлиги бўлган шахсга ажратилади. Жорий йилда 500 нафар талабгорга субсидия ажратилгандан сўнг субсидия бериш учун ариза қабул қилиш тўхтатилади. Субсидия ажратилгунга қадар, бироқ кетма-кетлиги бўйича субсидия ажратилган талабгорлардан кейин ариза топширган шахслар кейинги йил учун рўйхатга қўйилмайди ҳамда субсидия олиш учун келгуси йилда янгидан мурожаат қилади.
З.Эгамбердиева
Риштон туман ДХМ мутахассиси
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etilgan. Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Afzallik tomoni shundaki, mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish jarayonida 2022-yil 31-dekabrga qadar toʻlov undirilmaydi. 2023-yil 1-yanvardan boshlab esa bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undirilgan holda amalga oshiriladi.
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qoʻl barmogʻi izi olinadi va mobil telefon raqami YAIDXPdagi shaxsiy kabinetga bogʻlanadi.
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan YAIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qoʻllaniladi hamda mobil telefon raqami YAIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul ulanadi.
Fuqaroning YAIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga koʻra va belgilangan toʻlovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball yaʼni daraja toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qarori bilan tasdiqlangan.
Faqat bu jarayonning oʻziga xos shartlari bor. Masalan, siz xalqaro imtihon tizimida ishtirok etish uchun maʼlum bir mablagʻ toʻladingiz. Imtihonda esa siz koʻzda tutilgan yuqori ball toʻplay oldingiz. Shunda siz yagona interaktif davlat xizmatlari portali yoki hududingizdagi davlat xizmatlari markazlari orqali Yoshlar ishlari agentligiga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish va imtihonga qatnashish uchun toʻlagan mablagʻingizni qaytarib olish uchun ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin. Faqat siz xalqaro sertifikat olganingizga 180 kundan koʻp boʻlmasligi va siz 31 oshmagan boʻlishingiz talab etiladi.
Davlat xizmatlari markazlari yoki interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan murojaat qilgan yoshlarning arizalari, avvalo, yoshlar ishlari agentligiga integratsiya orqali yuboriladi. Bunda fuqaroning pasporti asl nusʼхasi,yuqori ball olganligini tasdiqlovchi sertifikat hamda toʻlov varaqasi ilova qilinadi. Yoshlar ishlari agentligi 15 ish kunida arizani koʻrib chiqadi. Ijobiy xulosa fuqaroga sms orqali xabar beriladi. shundan soʻng belgilangan bank orqali toʻlov summasini qaytarib olishi mumkin.
Agar maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni boʻlmasa, Yoshlar ishlari agentligi imtihon tashkil etishga masʻul vakolatli tashkilotga maxsus sertifikatning haqiqiyligini soʻrab soʻrov yuboradi. Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yuborilgan soʻrovning elektron shakli (pdf formatda) idoralararo elektron tizimga joylashtirilganda, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlatish muddati 30 kalendar kunga uzaytiriladi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan masʻul vakolatli tashkilotga yuborilgan soʻrovga 30 kun muddatda javob olinmaganda, shuningdek, maxsus sertifikatning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi haqida kechikib javob olinganda, Yoshlar ishlari agentligi bu haqda SMS yuborish orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.Bunda maxsus sertifikat haqiqiyligi masʻul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kun muddat oʻtib tasdiqlanganda, ariza beruvchi mazkur Reglament talablariga muvofiq takroran murojaat etmasdan unga kompensatsiya toʻlab beriladi.
Eslatib oʻtamiz, yaratilgan ushbu imkoniyatlar xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball toʻplagan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy qilingan.
14 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to'lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o'rniga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etilgan.
(https://lex.uz/docs/-5572509) Bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha to'lanadi.
Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha:
- 3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming so'm
-3 yoshgacha bo'lgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming so'm;
-Oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha – 150 ming so'm;
-Oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming so'mdan.
- Yolg'iz fuqarolarga, farzandi bo'lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo'lgan kam ta'minlangan oilalarga oylik 380 ming so'm moddiy yordam tayinlanadi.