Yangiliklar
Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab "Mehr ulash" qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va tizim xodimlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, aksiyada faol ishtirok etishdi.
Viloyat qon quyish markazi sayyor brigadasi adliya boshqarmasida bo'ldilar. Aksiya davomida 21 nafar boshqarma va tuman adliya bo'limlari xodimlari ko‘ngilli bo‘lib, beg‘araz qon topshirishdi.
Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko‘maklashing!
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar FHDY bo‘limi («Baxt uyi») binosi fasad qismining holati o‘rinli tanqid qilingan videomurojaat tarqaldi. Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi mazkur holatni o‘rganib, quyidagilarni ma’lum qiladi:
Biz ushbu tanqidni to‘g‘ri va konstruktiv qabul qilamiz hamda mualliflarga shahrimiz qiyofasiga befarq emasliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ma’lum qilamizki, mazkur bino fasadi 2025-yilda to‘liq ta’mirdan chiqarilgan edi.
Biroq, atmosfera yog‘ingarchiliklari (yomg‘ir va boshqalar)ning devor hamda zinapoyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri natijasida pardozlash qatlamiga shikast yetgan va sho‘rlash (tuz chiqish) holatlari kuzatilgan.
Shuni tushunish muhimki, davlat obyektlarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish qat’iy belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Ishlarni bajarish uchun dastlab loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va shundan so‘ng tegishli mablag‘larni ajratish talab etiladi.
Bu jarayon ma’lum bir vaqt talab qiladi, chunki ta’mirlash ishlarini bir zumda, arzon va sifatsiz qurilish materiallaridan foydalangan holda amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ta’kidlash joizki, binoning holati doimiy nazoratimizda bo‘lgan va bu video e’lon qilinishidan oldin ham tegishli choralarni ko‘rish boshlangan edi. Hozirgi vaqtda fasadni yanada sifatli, mustahkam va ob-havo sharoitlariga chidamli qurilish materiallaridan foydalangan holda kapital ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Adliya tizimidagi binolar doimiy e’tiborda bo‘lib, birgina joriy yilning o‘zida boshqarma balansidagi 10 dan ortiq binolarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi infratuzilmani yaxshilash va fuqarolar uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.
Ushbu tanqidiy munosabat bildirgan fuqaroga o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, Adliya vazirligi va uning quyi tizimlari doimo OAV hamda keng jamoatchilik vakillari uchun ochiq ekanligi eslatib o‘tiladi.
Qadrli yoshlar!
Kundalik hayotimizda qonun-qoidalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, tartib-intizomga rioya qilish – jamiyatimiz rivoji va xavfsizligining eng muhim garovidir.
Sizni jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan #MenQoidalargaAmalQilaman chellenjida faol ishtirok etishga chaqiramiz!
Chellenj maqsadi: Yoshlar o‘rtasida qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda kundalik hayotda qoidalarga amal qilishni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommalashtirish.
Ishtirok etish tartibi juda oddiy:
Video tayyorlang: 15 soniyadan 60 soniyagacha bo‘lgan qisqa video oling. Videoda quyidagi yo‘nalishlardan biriga oid qoidalarga amal qilayotganingizni ko‘rsating:
Yo‘l harakati: Piyodalar o‘tish joyidan o‘tish, svetoforning yashil chirog‘iga bo‘ysunish, xavfsizlik kamarini taqish yoki haydash paytida telefondan foydalanmaslik.
Jamoat tartibi va ekologiya: Chiqindilarni belgilangan joyga tashlash, jamoat joylarida chekmaslik, daraxtlar va tabiatni asrash.
Soliq majburiyatlari: Soliq va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish.
Raqamli madaniyat: Shaxsiy ma’lumotlarni (parol, SMS-kod, karta raqami) sir saqlash, tekshirilmagan axborotni tarqatmaslik.
Talablar:
Video davlat tilida bo‘lishi va ekranda qoida mazmuni qisqa yozuv bilan ko‘rsatilishi lozim.
Faqat ijobiy holatlar (qoidaga amal qilish) aks ettirilishi kerak (qoidabuzarlikni sahnalashtirish yoki xavfli harakatlar qat'iyan taqiqlanadi).
Ochiq sahifangizga #MenQoidalargaAmalQilaman hashtegini ilova qilgan holda joylang.
Keling, qonunlarga itoatkorlikni o‘zimizdan boshlab, boshqalarga ham namuna bo‘laylik! Qoidalar – xavfsizligimiz va farovonligimiz uchun!
Oliy sud raisi o‘rinbosari Sh. Polvanov boshchiligida Farg‘onada tadbirkorlar ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarda viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tadbirkorlarning qonuniy va barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlab, ularning oldini olish hamda zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Asosiy e’tibor tadbirkorlarning huquqiy xabardorligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda nizolarning oldini olishga qaratildi.
Qadimiy jamiyatlarda ota-onasidan ayrilgan yoki voyaga yetmagan bolalarning ta’lim olishi, tarbiyasi va moliyaviy xavfsizligi davlat va jamoatchilik tomonidan qattiq qo‘riqlangan.
Qiziqarli jihati: Qozixona huzurida maxsus vasiylik idoralari ishlab, yetim bolalarning merosini to‘liq ro‘yxatga olgan va ularni ishonchli qarindoshlarga yoki ustozlarga homiylikka bergan. Ularning mablag‘iga ko‘z olaytirganlar qonun bo‘yicha qattiq jazolangan.
Bu bugungi kundagi "Vasiylik va homiylik organlari faoliyati hamda bolalar huquqlarini himoya qilish" qonunchiligining ming yillik poydevoridir.
Joriy yilning 21-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Uchko‘prik tumani Adliya bo‘limi binosi peshtoqidagi "Adliya bo‘limi" yozuvi nosoz holatga kelib qolganligi murojaat sifatida e'lon qilingan.
Unda Uchko‘prik tumani Adliya bo‘limii binosi kirishidagi manzil yozuvi ta'mirtalab bo'lib qolgani bayon qilingan.
Ushbu murojaat mas'ullar tomonidan o‘rganib chiqilayotganligi keng jamoatchilikka maʼlum qilinadi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi jamoat faollariga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Farg'ona davlat universiteti, huquqshunoslik fakulteti talabalari uchun viloyat adliya boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.
Yoshlar dastlab boshqarmada fuqarolarga hamda xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega bo'ldilar.
Shuningdek, talabalar bilan "Men korrupsiyaga qarshiman" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari, adliya idoralarida korrupsiyaning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda adliya organlariga ishga kirish yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Ijodiy intellekt – huquqiy himoyada: Farg‘onada "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan ijodkor yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Samimiy va amaliy ruhda o‘tgan muloqotning bosh mavzusi — san’at sohasi vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish va intellektual mulk sohasidagi islohotlar tahlili bo‘ldi.
Tadbirkorlik va ijodkorlik rivojlanayotgan hozirgi davrda san’atkor, musavvir hamda bastakorlarning mualliflik huquqini ishonchli himoya qilish hayotiy zaruratga aylangan. Uchrashuvda rahbar tomonidan yoshlarga mualliflik huquqining paydo bo‘lishi, Ijod mahsuli (musiqa, tasviriy san’at asari va raqamli kontent) yaratilgan paytdan e’tirov etilishi va uni ro‘yxatdan o‘tkazish afzalliklari, boshqalarning ijodiy mehnatidan ruxsatsiz foydalanishning huquqiy oqibatlari hamda mualliflik huquqi buzilganda qonuniy himoya yo‘llari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Rahbar yoshlarning tashabbus va takliflarini tinglab, iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Mahsulot ishlab chiqarishning o‘zi yetarli emas. Uni tanitish, o‘z brendini yaratish va eng muhimi — huquqiy himoya qilish biznesning bozordagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Shu maqsadda Farg‘ona shahridagi Ekoshaharda joylashgan Ekspo markazida “Farg‘onaning 100 ta yangi brendi” seminar-treningi boshlandi.
Adliya vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ochib berdi.
Loyiha tadbirkorlarga nima beradi?
o‘z mahsuloti uchun kuchli va taniladigan brend yaratish;
brend identifikatsiyasi va dizaynini takomillashtirish;
tovar belgisini milliy va xalqaro darajada huquqiy himoya qilish;
yaratilgan logotiplarni mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish;
mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligi va tanilishini oshirish imkoniyatini beradi.
Maqsad aniq — Farg‘onada huquqiy himoyalangan, raqobatbardosh va bozorda o‘z o‘rniga ega 100 ta yangi brend yaratish.
Mahalliy mahsulot — kuchli brendga aylanishi, kuchli brend esa katta bozorga chiqishi kerak.
"Farg‘onaning 100 ta yangi brendi" loyihasi doirasidagi amaliy tadbirning ikkinchi qismi ham qizg‘in va natijador ruhda bo‘lib o‘tdi.
Kunning ikkinchi yarmida tadbirkorlar va soha mutaxassislari ishtirokida maxsus sayyor qabul tashkil etildi.
Ushbu ochiq muloqot davomida tadbirkorlar quyidagi masalalar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirish va maslahatlar oldilar:
o‘z bizneslari uchun kuchli brend yaratishning amaliy bosqichlari;
kundalik tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan masalalar va ularning huquqiy yechimlari;
tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish va intellektual mulk himoyasi.
Shu bilan birga, adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov "O‘zekspo" markazida bo‘lib, farg‘onalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan mahalliy mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.
Ko‘rgazmada namoyish etilgan oziq-ovqat, poyabzal, qurilish materiallari, to‘qimachilik va bejirim hunarmandchilik mahsulotlarining kelajakda yirik va taniqli brendlarga aylanish salohiyati yuqori ekanligi e'tirof etildi.
Sifatli mahsulot, to‘g‘ri marketing va mustahkam huquqiy himoya — katta bozorlarni zabt etishning asosiy kalitidir.
Farg‘onada yangi brendlarni shakllantirish yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda!