Yangiliklar
Fargʼona viloyati adliya boshqarmasida Oʼzbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisi D.Аshurov ishtirokida notariuslar tomonidan yoʼl qoʼyilayotgan xato va kamchiliklarni muhokama qilish, shuningdek, notariuslar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash va notariat sohasini takomillashtirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan seminar oʼtkazildi.
Bugungi kunda jami Fargʼona viloyatida 99 nafar notarius faoliyat yuritmoqda. Xususan, 2020 yilda 9 nafar, 2021 yilda 19 nafar va 2022 yilning shu davriga qadar 9 nafar oliy malaka imtixonini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodga boshqarma tomonidan litsenziya rasmiyalshtirilib berildi.
Natijada hududlarda notariuslar soni belgilangan eng kam sonidan oshish foizi Fargʼona viloyatida 19 foizni tashkil qilib, bu koʼrsatkich Respublikada birinchi oʼrin hisoblanadi.
Bundan tashqari, Fargʼona viloyatida 2020-2022 yillar davomida jami
53 nafar stajor roʼyxatdan oʼtib, 33 nafari belgilangan muddatda stajirovkani tugatgan, shundan 19nafari oliy malaka imtixoniga hujjat topshirib, 14 nafari notarius maqomiga ega boʼlgan.
Shu bilan birga, 2020-2022 yillar davomida viloyatda xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslarning jami 10 nafar yordamchilari oliy malaka imtihoniga hujjat topshirib, barchasi notarius maqomiga ega boʼlgan.
Bu shu narsadan dalolat beradiki, Fargʼona viloyatida notariuslar orasida ustoz-shogird anʼanasi toʼgʼri va samarali yoʼlga qoʼyilgan.
Shuningdek, 2021 yilning 1 sentyabrь kuniga qadar viloyatdagi xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar tomonidan jami 300 604 ta notarial harakat rasmiylashtirilgan boʼlsa, 2022 yilning shu davriga qadar 376 343 ta notarial harakatlar rasmiylashtirilgan. Bu esa oʼtgan yilga nisbatan notarial harakatlar soni 25% foizga koʼpayganini koʼrsatadi va natijada amalga oshirilgan notarial harakatlar soni boʼyicha Respublikada ikkinchi oʼrin hisoblanadi.
Блогерларнинг қандай ҳуқуқлари бор? Мажбуриятлари-чи?
Адлия вазирлиги муҳим саволларга тушунтириш беради
https://bit.ly/3RRNctO
каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish xizmati haqida bilasizmi?
Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali koʻrsatiladi.
Sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.
Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:
Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.
Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.
Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.
Eslatma!
Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Abdumannop Buriyev O‘zbekiston tumanidagi 10-umumta’lim maktabining “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan adliya boshqarmasi rahbari o‘quvchilarni bilimlar kuni hamda ilk qo‘ng‘iroq tadbiri bilan qutlab, kelajakda o‘quvchilarga yuksak parvozlar tiladi.
Ma’ruza davomida 2021-2022 o‘quv yilida maktabning 30 nafar sobiq bitiruvchilarining 80 foizi nufuzli oliy o‘quv yurtlariga yuqori ballar bilan kira olgani katta yutuq ekanligi, bunda maktabda faoliyat olib borayotgan yuqori salohiyatli pedagoglar mehnatlari muhim ahamiyat kasb etgani e’tirof etildi.
Adliya boshqarmasi rahbari shuningdek, maktabning 11-sinf o‘quvchilariga "Mustaqillik darsi" o‘tib, mustaqillik yillarida sud-huquq va ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar bilan o‘quvchilarni tanishtirdi.
Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari jadal odimlayotgan, el aziz, inson aziz bo‘lgan Vatanimizning ushbu qutlug‘ bayrami yurtimizga, elimizga tinchlik-omonlik, shodlik va farovonlik, fayzu baraka olib kelsin.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Fargona viloyati adliya boshkarmasi jamoasi
Joriy yilning 26-avgust kuni boshqarmaning majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati D.R.Mamadjanova hamda Viloyat prokuraturasi, sudi, IIB, Bojxona boshqarmasi vakillari, Advokatlar palatasi va advokatlar ishtirokida “Davlat hisobidan yuridik yordam toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini takomillashtirish muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar berildi. Xususan, mazkur loyihada koʻrsatilgan advokatlarga haq toʻlashda yoʻnalishalarning murakkabligiga qarab toʻlovlar ajratilishi, kam taʻminlangan oilalarga sudlarga daʻvo arizalar kiritishda davlat boji va pochta harajatlarini bekor qilinishi hamda kam taʻminlangan oilalarga emas balki barcha fuqarolarga davlat hisobidan malakali yuridik yordam koʻrsatish lozimligi takliflari bildirdi.
Anklav hududdagi 100 dan ortiq fuqarolar doimiy “propiska”ga qoʻyildi
Aholi murojaatlarini inobatga olib, joriy yilning 24-avgust kuni Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan toʻrt tarafi qoʻshni Qirgʻiziston chegaralari bilan oʻralgan, Rishton tumanining eng olis, anklav hamda ogʻir hududi hisoblangan “Choʻngʻara” mahalla fuqarolar yigʻinida tuman adliya boʻlimi, ichki ishlar boʻlimining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, tuman xalq qabulxonasi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, kadastr boʻlimi, tibbiyot birlashmasi, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi, 108-sonli Rishton tumanlararo TIEK rahbar xodimlari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida 100 dan ortiq fuqarolar oʻzlarining muammolari bilan ishtirok etdilar.
Sayyor qabul davomida 100 nafardan ortiq fuqarolarni doimiy yashash uchun roʻyhatga qoʻyilishi taʼminlandi, 30 nafar fuqaroga horijga chiqish biometrik pasportlar topshirilishi, 15 nafar fuqarolarga fuqarolik pasporti rasmiylashtirish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, davlat xizmatlari markazi tomonidan koʻchma mobil avtobus orqali 20 dan ortiq xizmatlar koʻrsatildi.
Taʼkidlash joizki, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal qilindi, muddat va mablagʻ talab etiladigan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Tuman adliya boʻlimi yuridik markazi tomonidan ushbu qizil hududga kiritilgan m.f.y.dagi umumtaʼlim maktabi va davlat maktabgacha taʼlim muassasini “E-huquqshunos” tizimi orqali hujjat aylanish tizimi toʻliq ishga tushirilishi taʼminlandi.
Юридик техникумларга қабул давом этмоқда. Охирги муддат – 20 август
Хабарингиз бор, республикамизда 14 та юридик техникум ташкил этилган.
Уларда қуйидаги мутахассисликлар бўйича кадрлар тайёрланади:
▫️ давлат ҳуқуқий фаолият;
▫️ юридик хизмат;
▫️ суд-ҳуқуқий фаолият.
Юридик техникумларга умумий ўрта таълим (11-синфни) ёки ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасасини битирганлар ҳужжат топшириши мумкин.
Ўқишга кириш учун ҳужжатлар Ягона интерактив давлат хизматлари портали (my.gov.uz) ёки Давлат тест марказининг расмий веб-сайти (my.dtm.uz) орқали онлайн қабул қилинади.
Ҳужжатларни қабул қилиш 20 августгача (шу куни ҳам) бўлиб ўтади.
Юридик техникумларга Ўзбекистон фуқароларини қабул қилиш ДТМ томонидан ўтказиладиган тест синовлари орқали амалга оширилади.
Чет эл фуқаролари юридик техникумлар томонидан ташкил этиладиган суҳбат натижасида қабул қилинади.
Абитуриентлар ўқишга давлат буюртмаси, тўлов-контракт, шу жумладан, табақалаштирилган тўлов-контракт асосида қабул қилинади.
Ўқиш муддати 2 йилни ташкил этади.
Каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot
Joriy yilning 16-avgust kuni Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Fargʻona filiali, Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi, Fargʻona davlat universiteti mutaxassislari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Qoʻqon, Margʻilon shaharlari va Dangʻara tumani hokimiyatida tumanlarda faoliyat yuritayotgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, oʻrinbosarlari, kadrlar boʻlimi xodimlariga yangi qonunning mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilariga nazarda tutilayotgan talablar, yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat xizmatiga ishga qabul qilishda joriy etilayotgan shaffoflik prinsiplari xususida batafsil maʼlumot berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar. Targʻibot tadbirlari davom etmoqda.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda: telegram (https://t.me/adliya_fargona) I facebook ([https://www.facebook.com/.../www.../groups/707837036273804)) I Instagram (https://www.instagram.com/adliya_fargona/) I YouTube
Акция доирасида қуйидагилар режалаштирилган:
аҳоли ва тадбиркорларнинг мулк ҳуқуқлари бўйича маълумотларни ОАВ ва ижтимоий тармоқлар орқали кенг ёритиш;
сайёр қабуллар ва бошқа тадбирлар ташкил этиш;
мурожаатларни ўрганиш ва таҳлил қилиш натижаси юзасидан аҳоли ва тадбиркорларнинг бузилган ҳуқуқларини тиклаш бўйича амалий чоралар кўриш;
қонунчиликни такомиллаштириш юзасидан таклифлар ишлаб чиқиш.
Каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot