Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-55-28

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

09
“ADLIYA AYOLI”

   “ADLIYA AYOLI” respublika ko'rik-tanlovining Farg‘ona viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
"Adliya ayoli" ko'rik tanlovining viloyat bosqichida 16 nafar soha xodimalari belgilangan uchta shart asosida g'oliblik uchun o'zaro bahs olib borishmoqda.
Ishtirokchilar birinchi shartda huquqiy mavzudagi test sinovidan bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda. Bo‘Iib o‘tadigan ikkinchi shartda ish faoliyatida duch keladigan dolzarb masalalarni hal etish borasidagi taklif va malakalarini, uchinchi shartda sport yo‘nalishi bo'yicha mahoratlarini sinovdan o'tkazishadi.
Bugun kun yakunida tanlovning g'olib va sovrindorlari viloyat adliya boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
           Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

29
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov raisligida hay'at majlisi o'tkazildi

      Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 17-28-sentabr kunlari Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tuzilmalari faoliyati kompleks o'rganildi. O'rganish natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklar va ijobiy amaliyotlar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
      Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda yo‘l qo‘yilgan sustkashliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

18
2013-2015-YILLARDA OLINGAN "PRAVA"LARNI YANGISIGA ALMASHTIRISH MUDDATI SHU OYDA TUGAYDI

   Vazirlar Mahkamasining 02.03.2017-yildagi 116-son qaroriga asosan, eski "Prava"larni yangilash va avtomashinani roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni almashtirish muddati;
  2013 – 2015-yillarda berilgan haydovchilik guvohnomalarini yangilariga almashtirish muddati 2023-yil 30-sentabrgacha etib belgilangan.
     Yuqoridagi asos boʻyicha 2023-yil 1-oytabrdan boshlab 2013-2015-yillarda berilgan haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar koʻrsatilgan muddatni oʻtkazib yuborib avtomashina boshqarsangiz, bu holat Sizga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilishi uchun asos boʻladi.
Kanalga ulanish  

https://t.me/adliya_fargona

13
Fargʻonada yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi

Viloyat hokimligi katta majlislar zalida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan oʻquv-seminari tashkil etildi. Unda viloyat hokimining oʻrinbosari Fayzullo Qosimov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari oʻrinbosari Ahadjon Akbarov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Eshmuhammad Qodirov hamda viloyat adliya boshqarmasi sho'ba boshlig'i A'zamxonov Abbosxon ishtirok etdi.
   Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, saylov tizimidagi fundamental vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
    Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona

06
Elon

Boshqarma balansida bo`lgan sobiq Davlat xizmalari agentligi foydalanishida bo`lgan mavjud foydalanish muddati tugagan (yaroqsiz holga kelgan) asbob uskunalar, jihozlar materiallar va mahsulotlarni belgilangan tartibda balansdan chiqarish bo`yicha utilizatsiya xizmatdan foydalanish bo`yicha elon

tel 73-249-05-25
     97-501-23-00

04
Fargʻona shahrida "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi

Oʻzbekistonning 16 ta shahrida, shu jumladan Fargʻonada Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi. “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz” shiori ostida oʻtgan musobaqada viloyatimizdan jami 9600 nafardan ortiq yoshlar, keksalar, shu jumladan imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 100 yaqin ishtirokchilar qatnashdi.
   Tadbir yakunida nogironligi bor shaxslar o‘rtasida faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga viloyat adliya boshqarmasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
   Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona

07
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tuman (shahar) FHDY bo'limlari tomonidan joylarlarda yosh oilalar hamda oila qurish yoshidagi fuqarolar ishtirokida uchrashuvlar o'tkazildi.

Uchrashuvlar davomida FHDY xodimlari, yoshi ulug' fuqarolar hamda din vakillari tomonidan oila ma’naviyati, qarindoshlar o'rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, oilaviy ajrimlarni oldini olish yuzasidan ishtirokchilarga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona

03
“Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan“ aksiyasiga start berildi

Adliya vazirligi hamda Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan“ aksiyasi o'tkaziladi.  

Aksiya 2023 yil avgust–sentabr oylarida bo'lib o'tadi.

Mazkur huquqiy aksiya doirasida, jumladan:

uyma-uy bepul huquqiy yordam ko'rsatiladi;

mahalla xodimlari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchilarining huquqiy bilimlari oshiriladi;

sayyor qabullar hamda sayyor davlat xizmatlari tashkil etiladi;

   “O'z huquqlarimizni o'rganamiz” mavzusida audiopodkast tashkil etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona

01
Adliyadan javob

Men MCHJ tugatuvchisi etib belgilandim. Men ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin qanday harakatlarni amalga oshirishim lozim?
— Hukumatning 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga asosan tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin quyidagi harakatlarni amalga oshirishi lozim:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
b) tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;
g) tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.

28
Fargʻona viloyatidagi jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan mahallalardagi holatlar oʻrganildi

           Hozirgi kunda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
   Shunga koʻra, Fargʻona viloyatiga xizmat safari chogʻida Adliya vaziri, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi va boshqa mas’ullar tomonidan viloyatdagi jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan Margʻilon shahridagi "Uzun hovuz" MFY, Qoʻshtepa tumanidagi "Qumtepa" MFYlarga borildi, ushbu mahallalardagi "beshlik" (mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori) bilan suhbatlar oʻtkazildi hamda muammo va takliflar, jinoyatlar sonining oshishi sabablari va omillari oʻrganildi.
   Suhbatlar davomida jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik nazoratining oʻrni va huquqiy targʻibot tadbirlariga alohida urgʻu berildi.
     Kelajakda ushbu hududlarda jinoyatlarni kamaytirish yuzasidan koʻplab fikr, mulohazalar va takliflar bildirildi.

Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona