Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

22
Odobsiz va axloqsiz shaxslar davlat xizmatchisi boʻlolmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrda “Davlat fuqarolik хizmatchilari tomonidan odob-aхloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan Davlat fuqarolik хizmatchilari odob-aхloqining namunaviy qoidalari hamda Odob-aхloq komissiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etishida jamoatchilik vakillarining ishtiroki qanday?
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, davlat xizmatchilari Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, davlat xizmatining obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilishi, xushmuomalalik, eʼtiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uygʻotishi, fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qatʼi nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda boʻlishi belgilangan.
Ushbu normalarga rioya etilishini nafaqat tashkilot yoki davlat organi rahbari talab qilishi balki fuqarolar ham davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga rioya etishlarini talab qilish huquqi ham berildi.
Bu muhim!!! Davlat xizmatchilari Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos boʻlgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega.
Bu nimalarda namoyon boʻladi mazmunidagi savol tugʻilishi tabiiy.
Tasavvur qiling siz davlat xizmatchisi va ish vaqtingizda fuqaro sizdan rasmiy kiyim (odob-axloq qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan)da boʻlishingizni talab qilmoqda. Siz esa kiyinish har bir kishining shaxsiy huquqi ekanligini bildirdingiz yoki boʻlmasa jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa koʻngilochar maskanlarda) oʻzingizni tutish qoidalariga rioya qilmay, atrofdagilarning eʼtiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga yoʻl qoʻyyapsiz va boshqa bir fuqaro sizdan bulardan tiyilishni talab qilmoqda. Siz esa hozir ish vaqti emasligi, dam olish kuni ekanligi, shuningdek ish vaqtidan tashqari vaqtlarda siz mustaqil ekanligingizni tushuntiryapsiz.
Qaror bilan xizmat faoliyatida, xizmatdan tashqarida odob-axloq qoidalari hamda xizmat faoliyatidagi tashqi koʻrinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari belgilangan boʻlib, unga koʻra mehnat va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda soʻzlashish va kiyinish madaniyatiga qatʼiy rioya etishlari lozimligi belgilangan.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi koʻrinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.
Albatta tashqi koʻrinish ham davlat xizmatchilarida mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab farq qiladi. Tashqi koʻrinish xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishiga koʻmaklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq boʻlishi va rasmiylikni namoyon etishi lozimligi koʻrsatilgan.
Ikkinchi holatda ham davlat xizmatchi tomonidan xizmatdan tashqarida odob-axloq qoidalari buzayotganligini koʻrishimiz mumkin. Davlat xizmatchisi nafaqat xizmat vaqtida balki, xizmatda tashqarida ham odob-axloq qoidalari amal qilishi lozim ( Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari
4-bob ).
Odob-axloq qoidalariga rioya etilishini kimlar nazorat qiladi?
Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish boʻlinmalari yoki Odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?
Davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash uchun asos boʻladi.
Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-axloq komissiyasi tomonidan davlat xizmatchilariga ogohlantirish, uzr soʻrash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish, davlat organlari va tashkilotlarining kollegial yigʻilishlarida tanbeh berish kabi taʼsir choralari qoʻllashi mumkin.
Shuningdek, Odob-axloq komissiyasi davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy taʼsir chorasini qoʻllash uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkin.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi
Inson resurslari boʻlimi bosh maslahatchisi
Erkinov Ilgʻorjon Vohidjon oʻgʻli

21
“HUQUQIY KO‘MAK DARCHALARI”

                                      “HUQUQIY KO‘MAK DARCHALARI” FAOLIYATI TASHKIL QILINDI
    Fuqarolarning sudlar faoliyati bilan bog‘liq masalalari yuzasidan hamda sud-protsessual tartiblar haqida huquqiy tushuntirishlar berish, ushbu holatlar bilan bog‘liq masalalarda huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiligini oldini olish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlarida “Huquqiy ko‘mak darchalari” faoliyati tashkil qilindi.
   “Huquqiy ko‘mak darchalari”  qonunchilikdagi sudlar faoliyati bilan bog‘liq hamda sud-protsessual tartiblar haqida fuqarolarga og‘zaki huquqiy tushuntirishlar hamda maslahatlar berish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradi;
“Huquqiy ko‘mak darchalari”ning asosiy maqsadi fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’minlash, shuningdek, aholida sud organlariga murojaat qilishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shishdan iborat.

18
Ajrimlarning oldini olishda mediatsiya usuli qanday?

Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari yuzasidan tugʻilayotgan bahslar, turmushning darz ketishi, oʻzaro mojarolar, ajralishlar bugungi kunda jamiyatimizda jiddiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masala.
Ushbu dolzarb  mavzu yuzasidan  Margʻilon shahar  hokimligida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Fargʻona viloyat  adliya boshqarmasi vakillari, FHDY organlari, mahalla fuqarolari yigʻinlari faollari ishtirok etdi.
Respublika yuristlar  malakasini oshirish markazi dotsenti Sevarxon Maripova nizoli vaziyatlar va shu qatori, ajrimlarning  oldini olishda zamonaviy mediatsiya usulidan keng  foydalanish zarurligini  taʼkidladi.
Mediatsiya – kelib  chiqqan  nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy  roziligi asosida mediator  koʻmagida hal qilish  usuli.
Taʼkidlandiki, ajrimlarning oldini olishda  mediatsiya usulidan keng  foydalanish  yaxshi natija beradi.    
Bu usul – maxfiylik,ixtiyoriylik,taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.  
Targʻibot tadbiri davomida ajrimlarning oldini olish, nizoli vaziyatlarni ijobiy hal etishga oid bir  qator usullar, amaliyotdan oʻtgan yoʻnalishlar tavsiya etildi. Hayotiy misollar yordamida ajrim yoqasida turgan oilalarni mediatsiya usulida kelishtirish, yarashtirish  usullari ochiqlandi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi qonuni 2018-yilning 12-iyunida  Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan  qabul  qilingan va 2019-yil 1-yanvardan  kuchga kirgan.

17
Shohimardonda Davlat xizmatlar markazi filiali tashkil etildi

Fargʻona viloyatining qoʻshni Qirgʻiziston hududidan oʻtib boruvchi eksklav hududi — “Shohimardon” va “Yordon” MFYda 6 yarim mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Bu hudud aholisiga eʼtibor va ragʻbat koʻrsatish, yashash sharoiti va turmush farovonligini yaxshilash hamisha davlatimiz eʼtiborida. Tibbiyot, oʻrta va maktabgacha taʼlim sohasida keyingi yillarda amalga oshirilgan oʻzgarishlar, aholi bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlikka jalb etishga qaratilgan izchil saʼy-harakatlar shular jumlasidandir.
Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi hamda Fargʻona tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazining “Shohimardon” filiali mutaxassislari ushbu ikki mahalla ahliga xizmat koʻrsatishga kirishdi.

— Shu kunga qadar hudud aholisi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun uzoq masofa bosib, turli ovoragarchilik bilan toʻqnashishga majbur edi, — deydi “Shohimardon” MFY raisi Ibrohimjon Hamdamov. — Yoʻlning olisligi bir azob boʻlsa, Fargʻona tumani markaziga borib-kelish uchun jami 8 ta bojxona chegara postidan oʻtishi kerak boʻlardi. Endi ushbu markazda mahalladoshlarimiz 170 turdan ortiq davlat xizmatlaridan bemalol foydalanishlari mumkin.

Maʼlumot uchun. Ayni paytda Fargʻona viloyatida DXMning 12 ta filiali faoliyat yuritmoqda va Shohimardondagi filialda dam olish kunlaridan tashqari har kuni xizmat koʻrsatiladi.

16
Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, voyaga yetmagan shaxslar o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan davlat organlariga, tashkilotlarga yoki ularning mansabdor shaxslariga mustaqil ravishda murojaat berishga haqli.
(https://lex.uz/docs/3336169#4765675)
Bunda voyaga yetmagan shaxslar to'liq muomala layoqatiga ega bo'lmaganligi sababli ularning murojaatlarini ko'rib chiqmasdan qoldirishga yo'l qo'yilmaydi.
Kanalga ulanish
https://t.me/adliya_fargona

15
Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 30 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги ва Ёшлар ишлари агентлиги томонидан Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади.

Имтиҳонда барча иштирок этиши мумкин.

Танловда иштирок этиш учун 8-dekabr.adliya.uz сайтида рўйхатдан ўтилади (15 ноябрдан 25 ноябрь 23:59 гача).

Танлов қуйидаги 2 босқичда 3 та тоифа учун алоҳида ташкил этилади:

1-босқич – тест синовлари:

- Умумтаълим мактаб, академик лицей ва техникум ўқувчилари учун – 26 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
▫️ ҳуқуқшунослар ва олий таълим муассасаларида ҳуқуқшунослик мутахассислиги бўйича ўқиётган талабалар учун – 27 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;
▫️ бошқа барча фуқаролар учун – 28 ноябрь соат 9:00 дан 14:00 гача;

2-босқич – суҳбат.

Тест синовида 8-dekabr.adliya.uz сайти орқали онлайн тарзда иштирок этилади.

Тест синови 20 та тест саволи ва 1 та ижодий саволдан иборат. Тест саволларига энг қисқа муддатда тўғри жавоб берган иштирокчилар орасидан 30 нафари танлаб олиниб, уларнинг ижодий саволга жавоблари кўриб чиқилади.

Баҳолаш натижасига кўра, энг юқори балл тўплаган 10 нафар иштирокчи кейинги босқичга ўтади.

Иккинчи босқич (суҳбат) 8 декабрь – Конституция байрами арафасида ташкил этилади.

Суҳбат жараёнлари онлайн трансляция қилинади.

Ғолиблар диплом ва қуйидаги қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади:

1-ўрин – ноутбук;
2-ўрин – телевизор;
3-ўрин – микротўлқинли печ.

Танловда фақат битта аккаунтдан иштирок этишга рухсат этилади.

Иштирокчи кейинги босқичга ўтиш вақтида турли аккаунтлардан қатнашган ҳолатлар аниқланган тақдирда, натижасидан қатъи назар, имтиҳондан четлаштирилади.

14
“Para Besh tashabbus olimpiadasi”

  Nogironligi bor yoshlar oʻrtasida “Para Besh tashabbus olimpiadasi” Fargʻona viloyat bosqichi  oʻz yakuniga yetdi.  Olimpiada doirasida shaxmat boʻyicha  Rishton tuman davlat xizmatlari markazi xodimi Baxtiyor  Qoʻchqarov faxrli birinchi oʻrinni egallab Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
Baxtiyor Qoʻchqarovning  mamlakat bosqichida  ham muvaffaqiyatli ishtirok etib ulkan marralarni zabt etishiga  ishonamiz.

12
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

Davlatimiz rahbari  Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham oʻziga xos tashabbus koʻrsatishdi.

Gap shundaki, adliya boshqarmasi  jamoasi – viloyatda faoliyat olib borayotgan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat boʻlinmasi hamda Nogironlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi NNTlar vakillari hamkorligida Fargʻona shahar “Mustaqillik” koʻchasida 200 tup daraxt koʻchatlari ekdi.  

Tashabbuskorlar tomonidan qator oralari tozalanib,  daraxtlarga qoʻshimcha ishlov berildi.
Umuman, ayni kunlarda daraxt ekish, koʻkalamzorlashtirish doirasidagi dolzarb 40 kunlik viloyatimizning  barcha hududlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

11
O'quv seminari bo'lib o'tdi

  Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo'yicha
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi
Qaror mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan Farg'ona viloyati hokimligida o'quv seminari bo'lib o'tdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Jamoatchilik vakillari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda odob-axloq qoidalariga rioya qilish va uning ahamiyati,
manfaatlar to'qnashuvi va korrupsiya xolatlarini oldini olish to'g'risida ma'lumotlar berildi.

09
Anklav hudud - Soʻx tumanida sayyor qabul oʻtkazildi

Soʻx tumanining “Chumoqcha” MFY boʻlib oʻtgan sayyor qabulda Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi. Sayyor qabulda fuqarolar yigʻinining turli hududlaridan kelgan fuqarolarning 10 dan ziyod muammo, taklif va shikoyatlari koʻrib chiqildi.
Jumladan, 4 nafar fuqaroning kadastr masalasidagi arizasi ijroga yoʻnaltirildi. 3 nafar fuqarolik holatini qayd etish masalasidagi murojaat joyida oʻrganib chiqildi. Bundan tashqari, bandlik, bank krediti, moddiy yordam olish, mehnat munosabatlari masalalardagi murojaatlar kelib tushdi.
Hal etish mumkin boʻlgan masalalarga ijobiy yechim belgilash bilan bigra, fuqarolarning murojaatlari masʼul idoralarga oʻrganib chiqish va belgilangan muddatlarda hal etish uchun topshirildi. Ayrim murojaatlar boʻyicha 6 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi