Bog'lanish

Telefon
(+998 73) 244-05-25

Elektron manzil
fargona@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

03
Sayyor_xizmat

Dang'ara tumanida fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda
   Fuqarolarning uzogʻini yaqin qilish, qulaylik yaratish va huquqiy savodxonligini oshirishda davlat xizmatlari markazlarining sayyor xizmatlar tizimi ular ish faoliyatining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan.
   Dang'ara tumanining "Yashik” mahalla fuqarolar yig'inida 10 dan ortiq sayyor xizmat koʻrsatildi. Jumladan, yashash maʼlumotnomasi, oila tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma, narkologiya va ruhiy kasallik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar olindi. Farzandni davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish xizmatlari ko'rsatildi.
   Shuningdek, fuqarolar Mobile ID dan ro'yxatdan o'tkazildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

31
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

  Qo‘qon shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ–5168-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizomga asosan, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
  Xususan, shahar MMTB tasarrufidagi 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida maktab rahbar va xodimlari ishtirokida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar korrupsiya qarshi kurashishda tushuntirishlar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

29
Adliya_xabari

Rishton tumanida xorijiy investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
✅Rishton tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Xitoylik investorlarga tegishli "BEBETTER INSPIRING" MCHJ shaklidagi xorijiy korxona qonuniy tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
✅Mazkur korxona o'z faoliyatida Rishton tumanida qurilish loyihalarini amalga oshirish va ko'plab yoshlarni ish bilan ta'minlashni maqsad qiligan.
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi

14
Adliya_va_yoshlar

"Huquqshunoslik" fanidan olimpiadalar davom etmoqda
"Bag'dod tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining 1-bosqichi tumandagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o'tkazildi.
Tadbirda 8-9-10- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, “Davlat va huquq asoslari” fanidan a’lo baholarga o‘qigan iqtidorli yoshlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

08
Adliya_xabari

  Quvasoy shahridagi "Bunyodkor yoshlar sanoat zonasi"da tadbirkorlarning tovar belgilari o'rganildi
✅Adliya vazirligi vakillari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning tovar belgilari bo'yicha muammolari o‘rganildi.
✅Tadbirkorlar faoliyati bilan tanishilib, ularga o‘z brendiga ega bo‘lish tartibi va afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
✅2025-yil 8-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ–1080-son Qonunning mazmun-mohiyati tadbirkorlik subyektlariga batafsil tushuntirildi.
✅Tadbir davomida sanoat zonasidagi tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

03
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

✅Farg'ona tumani adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi umumiy o'rta taʼlim maktablari va DMTT xodimlari bilan mehnat qonunchiligi yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borildi.
✅Tadbir davomida xodimlarning mehnat qonunchiligi bo‘yicha bilimlari yanada mustaxkamlandi va ularda mavjud bo‘lgan muammoli holatlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar hamda qonunchilikdagi yangiliklar toʻgʻrisida huquqiy tushunchalar berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

30
Adliya_xabari

Qonunchilik palatasi deputati tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish holati o'rganildi
✅Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Tilavoldiyev tomonidan Marg'ilon shahar Davlat xizmatlari markazi va yuridik xizmat ko'rsatish markazida davlat xizmatlarini raqamlashtirish va inklyuziv muhit yaratilganlik holati o‘rganildi.
✅O'rganish davomida davlat xizmatlari markazlari orqali 400 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilayotganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 50% chegirma, olis hududlarda sayyor xizmatlar va bepul huquqiy yordam tizimi yo‘lga qo‘yilganligi va yaratilgan boshqa qulayliklar amaliy misollar bilan ko'rsatib berildi.
✅Xizmatlar samaradorligini oshirish, fuqarolarga qulayliklar yaratish Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda mavjud reglamentlarga o‘zgartirishlar kiritish bo'yicha taklif va mulohazalar tinglandi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

29
TAYINLOV

     Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari bilan: Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxiv ish yurituvchisidan Xoldarova Ma’mura Nosirjonovna  Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxiv arxivariusi lavozimiga tayinlandi.
      Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi

      Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari bilan: Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti O‘ktamov Farxodjon Arabjon o‘g‘li Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
lavozimiga tayinlandi.
      Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi

    Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari bilan: Qo‘qon shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi katta mutaxassisi Ne’matov Muslimbek Shukurjon o‘g‘li  Qo‘qon shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi katta mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
      Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi

    Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari bilan: Quvasoy shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi hisoblash texnikasi operatori Ismonov Sardorbek Xusanboy o‘g‘li Quva tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi hisoblash texnikasi operatori lavozimiga tayinlandi.
      Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi

    Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari bilan: Qo‘qon shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi boshlig‘i Kunishaliyev Abdumajid Nabijonovich Dang‘ara tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
      Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi

   Boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari bilan: Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchisi  G‘ulomov Abduvaliboy Abduraimjon o‘g‘li Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
      Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi xodimni yangi lavozim bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi
      

18
Adliya_va_yoshlar

"Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi
✅Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida otaliqqa olingan yoshlar va maktab bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
✅Yoshlar dastlab boshqarmada fuqarolarga hamda xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega boʻldilar.
✅Shundan so‘ng oʻquvchilar bilan "Men korrupsiyaga qarshiman" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda adliya organlariga ishga kirish yuzasidan berilgan savollariga javob berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

16
"Ochiq eshiklar kuni"


       Yozyovonda "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi
✅Yozyovon tuman adliya bo‘limi binolarida otaliqqa olingan hamda 2-kasb-hunar maktabi o'quvchilariga “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
✅Yoshlar adliya tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan suhbatlar tashkil etildi. O'quvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi